Yana Irim-Sirimlar haqida

‘Assalaamu ‘alaykum wa Raћmatulloohu wa barakaatuћu! Shahyx Xazratlari, avvalambor sizga Muborak Juma ayyomi muborak bo‘lishini tilab, agar mumkin bo‘lsa sizga bir-ikkita savol bilan murojaat qilmoqchiman. Ma’lumki, xalqimiz orasida hali hamon har xil irim-sirimlar mavjud. Albatta men bu irim-sirimlarning shariyatimizda mavjud emasligini bilaman. Lekin, bir masalada o‘ylanib qoldim. 1. Bir vaqtlar chop etilgan, yon daftarcha hajmidagi “Haftanoma” kitobchasida Soch va tirnoqlarning qaysi kuni olish ma’qulu, qaysi vaqtda olish joiz emasligi aytib o‘tilgan. Umuman, soch va tirnoqlarning aniq bir vaqtda olish kerakligi haqida shariyatimizda qanday hukmlar mavjud. Masalan:Yakshanba kuni tirnoq olmaslik, yoki shomdan keyin tirnoq, soch oldirmasliklar shularga misoldir. 2. Bundan tashqari, xalqimizda ovqatdan so‘ng duo qilingan vaqtda, dasturxon ustida qalampur, pichoq va shunga o‘xshash duoni kuchini kesadigan narsalar turmasin, degan irimlar ham yo‘q emas. Shu to‘g‘risida ham o‘z fikringizni bildirib o‘tsangiz. 3. Uy-xonalarning tepa burchagida tez-tez o‘rgimchak uyalari paydo bo‘lib turadi. Hatto shu borada ham ayrim irimlar ham mavjud. Masalan: Agar uyda o‘rgimchak ini bo‘lsa bu xonadondan baraka qochishi, har xil janjallar bo‘lib turishidir. Bir kishi hattoki bu o‘rgimchak to‘rini olish ham ma’lum bir kunda amalgam oshirilishini aytgandi. Ya’ni O‘rgimchak to‘rini Aynan Chorshanba kuni olsa, savob ekanu, boshqa kunlari, ayniqsa, Shanba kuni olish mumkin emas ekan. Agar mumkin bo‘lsa shu borada ham shariyatimizdagi ahkomlar haqida bildirib o‘tsangiz.Xulosa qilsam, umuman savolim irim sirim haqida. Javobingiz uchun oldindan katta RAHMAT!!! ALLOH O‘ZI SIZDAN ROZI BO‘LSIN!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Bu gaplarning barchasi behuda.Tirnoqlarni qisqartish insonning sof tabiati talab qiladigan narsa. Tirnoqni vaqti-vaqti ila qisqartib turmasa bo‘lmaydi. Tirnoq o‘sganda tagiga kir to‘planadi. Bu narsa turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek tirnoqni o‘stirib yurishning boshqa zararlari ham bor. Faqatgina tabiati buzuq madaniyat, tirnoqni o‘stirib yurish madaniyatdandir, demasa boshqa birov bu noma’qulchilikni aytmaydi.Olingan tirnoq va sochlarni ko‘mib yuborish tavsiya qilinadi. Biror ovloqroq joyga tashlansa ham bo‘ladi. Lekin tahoratxona yoki g‘usl qilinadigan joyga tashlab bo‘lmaydi.2. - Bu gaplarning barchasi behuda.3. - Bu gaplarning barchasi behuda.

27 Апрел 2022, 08:34 | Савол-жавоблар | 223 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar