Ro‘zada g‘usl
Assalamu alaykum! Savol berishga ijozat bersangiz. Savol 1 ro‘zador odam g‘usl qilsa ro‘zasi ochilmasligini bildim, ammo g‘usul vaqtida burunni miyasi achishguncha suv tortadimi? Yoki nomiga chayqasa bo‘laveradimi? 2 Agar g‘usldagi og‘zi va burnini yuvish vaqtida tomog‘idan ozgina suv ketsa ro‘zasi ochiladimi? 3 O‘zi ro‘zador odam burun va og‘izni g‘usl vaqtida kanday yuvishi lozim? Iltimos savollarimga javob bersangiz Alloh ilmingizni yanada ziyoda kilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Og‘iz va burunga suv olib chayish g‘uslning farzlaridan sanaladi. Burunning yumshog‘ joyi tugab qattiq joyi boshlangan joyigacha yuvish farz. Og‘izning hamma joyiga suv etkazish ham farz. Bu ikkisi nomiga yuvish bilan ham ado bo‘ladi. Og‘izni g‘arg‘ara va burunni achishtirib yuvish mustahab. Ro‘zada o‘sha mustahabni tark qilib turiladi. Mabodo og‘iz yoki burun orqali tomoqdan ichkariga ozgina suv o‘tib ketsa ham ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam.
27 Апрел 2022, 09:18 | Савол-жавоблар | 162 | Ro‘za