Ruhshunoslik
Assalomu alaykum! Yaxshilik amallaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!
Savolim quyidagicha: Ruhshunoslar ya’ni psixologlarning masalasi qanday? Ular insonlarni ruhiy xolatlari, kechinmalari, xarakterlari xattoki qaysi burj ostida tug‘ilganigacha e’tibor berib inson bilan muloqot qilishadi yoki maslahatlar berishadi. Albatta ularning bu ishlari asosan ikki insonni orasiga rizolik solish (nikohni asrab qolish, ishxonadagi boshliq bilan murosa qilish, ishxonadagi qo‘l ostida ishlaydiganlar bilan murosa va hakozolar), lekin ular «Xudoyim shunday yaratgan» deb turmay inson ruhiyatini, xarakterini, burjini va shu kabilarni o‘rganishadi. Agar qilgan ishim noto‘g‘ri bo‘lsa Alloh kechirsin, hattoki o‘zim xam psixologiyadan biroz xabarim bo‘lgani uchun yon atrofdagilarga «Siz boshqaruvda yaxshi ishlaysiz», «Siz falon rangni yoqtirasizmi?» desam, u «xa» deydi, lekin bashoratni o‘rganmaganmanam va o‘rganishni xohlamayman. Lekin yuqorida ta’kidlaganimdek u xaqidagi biron-bir ma’lumotni burjidan, yuz-tuzilishi ko‘rinishidan, qo‘l chiziqlaridan nima yoqishi yoki yoqmasligini aytsam to‘g‘ri deydi, bunday ishlar xukmi qanday? Bu faqat ilmiy kuzatuvlarga asoslangan yani empirik bilim bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson tabiati va mijozini o‘rganish joiz. Firosatni ishga solib insonlar muammosini echishga harakat qilish yaxshi narsa, lekin insonning qo‘l chizig‘i, burji, muchalining inson taqdiriga yoki uning ruhiyatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu ochiq-oydin qalloblik. Qolaversa bu kasb bilan shug‘ullanuvchilar, ya’ni bashoratchi va munajjimlar oxiratini dunyo matohiga sotganlar hisoblanadi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 09:40 | Савол-жавоблар | 168 | Ruhiy tarbiya