Jafar ismi haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir masalada yordamiz kerak. Men Alloh nasib qilsa shu yaqin kunda farzandlik bo‘lish arafasidaman. Alloh qiz ato etsa Muslima, o‘g‘il ato etsa Jafar qo‘ygim bor edi.  Jafar ismi Qur’onda bormi va shu ismni qo‘ysam joizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jafar emas Ja’far bo‘ladi. Bu ism aslida daryoni bildirib, o‘ta sahovatli, karamli kishilarga ham ishlatiladi. Qur’onda zikri kelmagan. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 11:30 | Савол-жавоблар | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar