Qazo yoki nafl

Assalomu alaykum! Manda qazolar bor va har kuni kunlik o‘qishga harakat qilaman, lekin  choshgoh, avvobiyn va tahajjudlarni ham o‘qiyman. Ba’zida  unisi ba’zida bunisi o‘qilmay ham qoladi. Aytingchi bardavom bo‘laveraymi yoki  faqat qazolarni  o‘qiganim ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz. Agar o‘sha nafllar vaqtida ular o‘rniga ham qazo o‘qisangiz o‘sha vaqtlarni ibodat bilan o‘tkazgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 12:36 | Савол-жавоблар | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar