Tahajjud qiyomillayl nafl namozlari haqida

Assalomu alaykum! Hurmadli ustozlar, tahajjud,  qiyomillayl, nafl namozlari farqlari qanaqa? Tahajjud namozi haqida internetdan malumotlar oldim, lekin qanday o‘qilishi va qanday suralar o‘qilishini (nomi) ma’lumot berishingizni iltimos qilaman. Men yashayotgan joyda masjid yo‘qligi sababli namozlarni yakka o‘qiyman. Agarda farz  namozini yakka o‘qisa  ovozini chiqarib  o‘qigan ma’qulmi yoki ichida? Javoblar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xuftondan keyin o‘qilgan har bir nafl namozi tahajjud hisoblanadi. Nomlanishda esa xuftondan keyin uxlamasdan o‘qilgan namoz qiyomullayl, bir uxlab turib o‘qilgani tahajjud deb nomlanadi. Qiyomullayl tun bo‘yi bedor bo‘lish, tahajjud uyqudan uyg‘onish ma’nosini ifoda qiladi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda nafl namozlar bayoni keltirilgan. https://fiqh.uz/maqola/689

27 Апрел 2022, 12:58 | Савол-жавоблар | 244 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar