Cheti uchgan idishlar

Assalomu alaykum! Ustozlar, bizning uydagilar: «Cheti uchgan chinni, piyola va shunga o‘xshash idishlarda ovqat, choy eb-ichib bo‘lmaydi», deb aytadilar. Bu gapni dinimizga aloqasi bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيّ قَالَ نَهَى رَسُولُ اللّهِ صَلّى اللّهُ عَلَيْهِ وَسَلّمَ عَنْ الشّرْبِ مِنْ ثُلْمَةِ الْقَدَحِ وَأَنْ يَنْفُخَ فِي الشّرَابِ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchgan idishdan ichimlik ichishdan va ichimlikka puflashdan qaytardilar". (Cunani Abu Dovud).Ulamolarimiz bunday idishda bir necha zararlar borligi uchun ham “undan iste’mol qilish durust emas” deyishgan. 1-suvdagi barcha kirliklalar(mikrob) uchgan joyga yopishib oladi. 2-suv ichmoqchi bo‘lgan odamni tabiatini biroz xira qiladi. 3-chanqagan odam shoshib o‘sha joydan ichib oladi. 4-uchuqlik idish aybli hisoblanib, har bir aybli narsada baraka bo‘lmaydi. Solih salaflarimiz aybli narsani sotib olayotgan kishini ko‘rib, “Bunday qilmagin. Alloh har bir aybli narsadan barakani olib qo‘yganini bilmaysanmi” degan ekanlar. 5-uchuqli idish shoshilgan kishini jarohatlab qo‘yishi mumkin. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 16:13 | Савол-жавоблар | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar