yana ruku’ va sajda xakida

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barakotuxu!Xurmatli Shayx xazratlari. Men sizdan ruku’ va sajda tugrisida yana suramokchiman. Chunki bizning maschidimzdagi axvol men uchun juda yomon kurinayapdi. Maschidda xech kim ruku’ va sajdani meyoriga meltirib ukishmaydi. Men Imom bilan gaplashsam u xammaga elon kilib ayddiki - Namozni tez ukish kerak , kancha oxista ukilsa shuncha nsonni xayoli boshka narsaga ketaveradi dedi. Imomlikka yoshlar utmaslik kerak - dedi. Chunki yoshlar xayoli joyida emas , bir fikri togda bulsa yana bir fikri boshka narsada dedi. Men esa xammani oldida xech narsa demadim. Nima kilish kerak bilmayman. Shaxarda namozlar bunday emas. Juda xam chiroyli va uzok ukiladi. Iltimos bir yul kursating. Assalomu aylaykum va raxmatulloxi va barakotuxu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi:«Paygambar sollalloxu alayxi vasallam masjidga kirdilar. Bir odam xam masjidga kirdi va namoz o‘kidi. So‘ngra kelib, Paygambar sollalloxu alayxi vasallamga salom berdi. Bas, Paygambar sollalloxu alayxi vasallam uning salomiga javob berdilar va: «Kayt, borib, namoz o‘ki, sen namoz o‘kiganing yo‘k», dedilar. U borib namoz o‘kidi. So‘ngra kelib Paygambar sollalloxu alayxi vasalamga salom berdi. Bas, U zot: «Kayt, borib, namoz o‘ki. Sen namoz o‘kiganing yo‘k», dedilar. Uch marta shundok bo‘ldi. Bas, shunda xaligi odam: «Sizni xak ila yuborgan zot ila kasamki, bundan yaxshi o‘kiy olmayman, menga o‘rgating», dedi. U zot sollalloxu alayxi vasallam: «Kachon namozga tursang, takbir ayt. So‘ngra o‘zingga muyassar bo‘lganicha Kur’ondan kiroat kil, keyin, xotirjam bo‘lguningcha ruku’ kil, so‘ngra goz turib tiklan, so‘ngra xotirjam bo‘lib sajda kil, keyin boshingni ko‘tarib xotirjam bo‘lib o‘tir, so‘ngra xotirjam bo‘lib sajda kil. Keyin namozingning xammasida shundok kil», deditlar». Beshovlari rivoyat kilganlar. Abu Dovud: «Bas, kachon shuni kilsang, namozing to‘lik bo‘ladi. Bundan biror narsani kam kilsang, namozingdan kam kilgan bo‘lasan» degan ziyodani keltirgan.Ushbu xadisi sharif muxaddis va fakix ulamolar orasida, namozini yomon o‘kigan odamning xadisi, nomi bilan mashxur bo‘lgan xadisdir. Bu xadisi sharif namozning sifati xakida o‘ta muxim xukmlarning o‘z ichiga olgan buyuk xadisdir.Xadisda, masjidga kirib kelib, namoz o‘kidi, deyilgan kishining ismi Xolid ibn Rofe’dir. Nasaiy kilgan rivoyatga karaganda u ikki rak’at namoz o‘kigan.Ushbu xadisdan olinadigan foydalar:1. Masjiddga kirgan odam avvalo namoz o‘kishi kerakligi.2. Boshlik kishi o‘ziga tobe’larning kilayotgan ishi shariatga mos kelayaptimi, yo‘kmi karab turishi kerakligi va mabodo xato bo‘lsa, tuzatib ko‘yishi zarurligi.3. Namoz o‘kib bo‘lgandan keyin masjidda mavjud shaxslarga salom berish.4. Salomni eshitgan odam darxol alik olib, javob berishi. Salomga alik olish vojibligi ushbu xadisdan olingan.Chunki, Paygambar sollalloxu alayxi vasallam oldin salomga alik olib turib keyin xatoni to‘grilashga kirishganlar.5. Paygambarimiz sollalloxu alayxi vasallam: «Kayt, borib namoz o‘ki. Sen namoz o‘kiganing yo‘k», deganlarini ulamolar ikki xil ta’vil kilganlar. Ba’zilari, namozni butunlay namoz bo‘lmagan, desalar, boshkalari, komil namoz bo‘lmagan, chunki xadisning oxirida: «Bundan biror narsani kam kilsang, namozingdan kam kilgan bo‘lasan», demokdalar, namozingni yo‘k kilasan, deganlari yo‘k, deyishadi.6. Bir narsani yaxshi bilmagan odam e’tirof kilib, bilgan odamdan o‘rgatib ko‘yishni so‘rashi kerakligi.7. Bilgan odam esa, avval bilmagan odamning ishi xato ekanini o‘ziga tushuntirib, keyin muloyimlik bilan, asta tushuntirib ko‘yishi lozimligi; 8. Paygambarimiz sollalloxu alayxi vasallamning, «kachon namozga tursang, takbir ayt», deganlaridan namozga kirish takbir bilan bo‘lishini va takbir farz ekanini bildiradi;9. So‘ngra o‘zingga muyassar bo‘lganicha Kur’ondan kiroat kil» deganlaridan, namozda kiroat farz ekani va u muyassar bo‘lganicha bo‘lishi chikadi. Xanafiy ulamolar shuni dalil kilib namozda «Fotixa» surasini o‘kish farz emas, balki muyassar bo‘lganicha o‘kish farzdir, deydilar.10. «Xotirjam bo‘lguningcha» deyilganidan ruku’ va sajdada xotirjam bo‘lgudek xolat bo‘lishi vojibligini bildiradi. Buning eng kam mikdorini Xanafiy mazxabida ruku’da «Subxana Robbiyal azim»ni, sajdada «Subxana Robbiyal a’lo»ni shoshmay uch martadan aytish bilan belgilanadi.Ko‘pchiligimiz bu narsaga uncha e’tibor bermaymiz. O‘sha namozni kamchilik bilan o‘kigan odamga o‘xshab nomiga, tezda ruku’ va sajda kilamiz. Aslida esa, ruku’da xam, sajdada xam tasbixlarni o‘n martadan aytish kerak.11. Shuningdek, ruku’dan turganda xam goz turib, kadni rostmona to‘grilash kerak. Ba’zilarga o‘xshab boshini ko‘tarib, bir oz ko‘kragini to‘grilab sajdaga ketaverishi kerak emas.12. Birinchi sajdadan boshni ko‘traganda rostmona, xotirjam bo‘lib o‘tirish kerakligi.13. «Keyin, namozingning xammasida shundok kil» deganlaridan xar bir rak’at namozda yukorida zikr kilingan narsalar bo‘lishi bilinadi.14. Namozning arkonlaridan birortasini buzgan odam uni kayta o‘kishi vojibligi.15. Olim odam sabr ila bilmaganlarga shariat amallarini ta’lim, berishi zarurligi.Xar birimiz ushbu xadisni yaxshilab o‘rganib unga amal kilib, namozimizni yaxshilab o‘kishimiz lozim.Imomlikka xaklirogi; 1. Sunnatni biluvchirogidir.2. So‘ngra korirogi. 3. Keyin parxezgarrogi. 4. So‘ng yoshi kattarogi. Abu Mas’ud roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: «Paygambar sollalloxu alayxi vasallam: «Kavmga ularning ichidan Alloxning kitobiga koriroklari imom bo‘ladi. Agar kiroatda barobar bo‘lsalar, sunnatni yaxshi biladiganlari. Agar sunnatda xam barobar bo‘lsalar, xijrati kadimgi bo‘lganlari. Agar xijratda xam barobar bo‘lsalar, yoshi katta bo‘lganlari bo‘ladi. Bir odam xech kachon boshka birovga uning saltanatida imomlik kilmasin va uning uyidagi o‘zi uchun tayyorlangan joyga o‘tirmasin. Magar uning izni ila bo‘lsa mayli», dedilar».Beshovlaridan fakat Buxoriy rivoyat kilmagan.Ushbu xadisi sharifda kim imom bo‘lishi ketma-ket bir necha sifatlar ila bayon kilib berilmokda. Shu bilan birga ulamolarimiz ta’kidlaganidek, mazkur sifatlarda o‘sha vakt voke’ligi e’tiborga olinmokda.Endi o‘sha sifatlarni birin ketin ko‘rib chikaylik.Avvalo xar bir kavmga ularning ichidan:«Alloxning kitobiga koriroklari imom bo‘ladi». Bu imom tanlash vaktida avvalo Kur’onni bilish, kiroat kilish sifatiga karaladi, deganidir. «Agar kiroatda barobar bo‘lsalar sunnatni yaxshi biladiganlari», bo‘ladi. Ba’zi ulamolar imomlikka da’vogorlar ichidan munosibini tanlash uchun xuddi shu tartib yo‘lga ko‘yilib, birinchi kori, ikkinchi olim bo‘ladi, deganlar. Ularning dalili ushbu xadisning zoxiri. Lekin, jumxur ulamolar, jumladan, Xanafiy mazxabi ulamolari xam, sunnatni yaxshi biladigan olim shaxs koridan mukaddam bo‘ladi, deganlar. Chunki, olim odam namozga kerakli Kur’on kiroatini yaxshi bilishi turgan gap, ammo kori odam namozda yuzaga kelib koladigan masalalarni darxol xal kilib ketaverishi mumkin emas, deganlar. Ushbu xadisda korini mukaddam kilinishi, saxobai kiromlarning korilari olimlari bo‘lganligi e’tiboridandir.Demak, namoz xakida eng ilmi ko‘p odam zoxiriy faxsh ishlardan chetda bo‘lishi va Kur’ondan keragini yaxshilab yodlagan bo‘lishi sharti bilan imomlikka eng xakli odam bo‘ladi.Imom Tabaroniy va al-Xokimlar Abu Marsd al-Ganafiydan rivoyat kilgan xadisda Rasulullox sallolloxu alayxi vasallam:«Agar namozingizning kabul kilinishi sizlarni masrur kiladigan bo‘lsa, sizga ulamolaringiz imomlik kilsin. Chunki ular siz bilan Robbingiz orasida xay’atingizdir», deganlar.Undan keyin korirogi bo‘ladi.Keyin parxezgarrogi bo‘ladi. Ya’ni, takvoning ustiga shubxali narsalardan xam o‘zini olib kochadigan odam.Avval o‘tgan sifatlarda saviyasi teng bo‘lib kolgan kishilardan yoshi kattasi imomlikka takdim kilinadi. Undan keyingi xaklilar kuyidagicha;Xulki yaxshisi, taxajjudni ko‘p o‘kiydigani, nasabi sharaflisi va kiyimi tozasi.Sulton, amir, kozi, masjid imomi va uy egasi tartibi ushbu shaxslar to‘plangandagi tartibdir.Agar kul, a’robiy, fosik, a’mo, bid’atchi yoki valadi zino imomlik kilsa makruxdir.1. Kul avvalgi vaktlarda bo‘lgan. U birovning mulki bo‘lgani uchun yaxshi ta’lim olish imkoni bo‘lmagan. Binobarin imomga etarli ilmni xam ola bilmagan bo‘lishi e’tiborga olingan.2. A’robiy saxroda o‘sgan, ta’lim tarbiya ko‘rmagan odam bo‘ladi. U xam joxilligi tufayli namoz axkomlarini yaxshi bilmasligi turgan gap.3. Fosik o‘zi ilmli bo‘lsa xam shariat axkomlarini buzishni o‘ziga odat kilib olgan odam bo‘ladi. U din ishlariga axamiyat bermaydi. Imomlik ulug martabadir. Fosik unga loyik emasdir.Imom Ibn Moja Jobir roziyalloxu anxudan rivoyat kilgan xadisda Rasulullox sallolloxu alayxi vasallam:«Zinxor ayol erkakka, a’robiy muxojirga imomlik kilmaydi. Fojir mo‘minga imomlik kilmasin. Illo uning sultoni bo‘lib kilichi va kamchisidan ko‘rkilsa, bundan mustasno», deganlar.4. A’mo – ko‘zi ko‘rmaydigan kishi. U najosatni ko‘rmaydi va shunga o‘xashash ko‘rmasiligi okibatida kamchilikka yo‘l ko‘yishi mumkinligi e’tiborga olingan. 5. Bid’atchi Rasulullox sallolloxu alayxi vasallamdan ma’ruf bo‘lgan e’tikodga sarkashlik emas, shubxa tufayli xilof kilgan kishidir. Misol uchun maxsiga masx tortishni inkor kilgan odam bid’atchi bo‘ladi. Shu kabi odamlarning imomligi xam makruxdir. Imomlik ulug martabadir. Bid’atchi unga loyik emasdir.6. Valadi zino – zinodan tugilgan shaxsning boshka yarokli odam turib imomga o‘tishligi makruxdir. Chunki odatda uning otasi bo‘lmagani uchun yaxshi ta’lim va tarbiya olmagan bo‘ladi. Ulamolarimiz uning imomligi makrux bo‘lishini joxil bo‘lishiga boglaganlar. Agar o‘zi ilmli va takvodor bo‘lsa, makrux emas. 7. Kavm yomon ko‘radigan odamning imomligi xam makruxdir.Abu Umoma roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: «Paygambar sollalloxu alayxi vasallam: «Uch kishining namozlari kuloklaridan yukori ko‘tarilmaydi; Xojasidan kochgan kulniki, xatto kaytib kelguncha, erini noxak gazabnok kilgan xotinniki va kavmi yomon ko‘rgan imomniki», dedilar».Termiziy va Abu Dovud rivoyat kilgan.8. Ma’noni buzmaydigan darajada e’robni buzib tilovat kiladigan odamning imom bo‘lmogi makuxdir. Misol uchun «al-Xamdu»ni «al-Xamdi» kilib o‘kisa.9. Ba’zi xarflarni to‘gri nutk kila olmaydigan kishining imomligi xam makruxdir.10. Esi past odamlarning imom bo‘lishi makrux.11. Pesi tarkab ketgan odamning imomligi xam makrux.12. Moxov odamning imomligi xam makrux.13. Bir oyokda turadigan cho‘lok odamning imomligi xam makrux.14. Siydigi tutilib koladigan odamning imomligi xam makrux.15. Arokxo‘r odamning imomligi xam makrux.16. Riboxo‘r odamning imomligi xam makrux.17. Chakimchi odamning imomligi xam makrux.18. Riyokor odamning imomligi xam makrux.Ko‘rinib turibdiki, yoshlar imom bo‘lmaydi degan gap yo‘k.

27 Апрел 2022, 17:40 | Савол-жавоблар | 164 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar