G‘usl vojibmi?

Assalomu alaykum! Inson uyqudan turganda ich kiymida oq dog‘ni(ba’zida namlik, ba’zida esa quruq)  ko‘rsa ammo tush ko‘rmagan bo‘lsa ham g‘usl vojib bo‘ladimi?  bu savolni berishimdan maqsadim ukam har kuni tongda turib g‘usl qilishga shoshiladi, nima bo‘ldi desam yana shu hol deydi,  bu hol sal kam bir oydan beri davom etmoqda. Ehtiyot shart g‘usl qilib qo‘yaver degan edim. Ukam nima qilsin?  Javobingiz uchun avvaldan rahmat! Alloh barchalarimizni ilimlarimizni ziyoda aylasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ikki sababdan bo‘ladi. Biri shamollaganligi tufayli yana biri maniy tufayli. Doktorga borib aniqlatib olsin. Shamollash bo‘lsa g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 17:40 | Савол-жавоблар | 97 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar