Kafirun va Ixlos suralarini zam sura qilish
Assalomu alaykum! Ustozlar men bir ma’lumot o‘qib qoldim. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, bir kishi bomdodning ikki rak’atini o‘qidi. Birinchi rak’atda “Kafirun” surasini qiroat qildi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu – Parvardigorini tanigan banda”, dedilar. Haligi odam ikkinchi rak’atda “Ixlos” surasini o‘qidi. Payg‘ambar alayhissalom: “Bu – Parvardigoriga imon keltirgan banda”, dedilar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam shom namozining ikki rak’at sunnatida “Kafirun” bilan “Ixlos” surasini qiroat qilardilar. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamni yigirma besh marta kuzatdim. U zot bomdoddan oldingi, shomdan keyingi ikki rak’at sunnat namozida “Kafirun” bilan “Ixlos” surasini qiroat qilardilar. Yana Abdulloh ibn Umardan naql qilinadi: “Men Tabuk g‘azotida Nabiy sollallohu alayhi vasallamni qirq kun kuzatdim. U zot bomdod namozining ikki rak’atida “Kafirun” va “Ixlos” surasini o‘qiganlarini, “Bu ikki sura qanday yaxshi! Ulardan biri (Kafirun surasi) Qur’onning to‘rtdan biriga, boshqasi (Ixlos surasi) Qur’onning uchdan biriga teng”, deb aytganlarini eshitdim”. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitr namozida “A’lo”, “Kafirun”, “Ixlos” suralarini o‘qirdilar. Savolim quyidagilardan iborat: 1) Yuqoridagi hadislar sahihmi? 2) Biz ham bomdodning 2 rak’at sunnatini, Shomning 2 rak’at sunnatini va vitr namozini xuddi shu tarzda o‘qisak bo‘ladimi? Bir namozga bir xil suralarni tayin qilib qo‘ygan bo‘lmaymizmi? uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tayin qilib qo‘yilgan bo‘ladi. Goh-gohida o‘qisangiz joiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 17:40 | Савол-жавоблар | 154 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tayin qilib qo‘yilgan bo‘ladi. Goh-gohida o‘qisangiz joiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 17:40 | Савол-жавоблар | 154 | Namoz