Taloq so‘rash gunohmi?
Assalomu alaykum! Biz turmush o‘rtog‘im bilan aloxida-aloxida yashaymiz. Ya’ni men onamnikida, erim o‘zi o‘sgan xovlilarida. Onam erim bilan yashashimiz uchun o‘z uylarini bizga tashlab o‘zlari ijarada yashaydilar. Shunga qaramay erim bizikida turmaydi. Xar xil sabablarga ko‘ra janjallashgan paytlarimiz bizdan 2-3 oylab xabar olmaydilar. 2 nafar farzandim bor men xech qaerda ishlamiman. Onam pensanerlar. Boquvchim yo‘qligini bila turib bizdan xabar olmaydi. Uy joy bilan xam taminlamagan xaligacha. Xotin kishi eridan taloq so‘rasa jannat harom bo‘ladi degan gap eshitganman. Shu to‘g‘rimi? Shunga qaramay talog‘imni bir necha marta so‘radim, lekin bermasligini aytadi. Bu xolda men qanday yo‘l tutay? Bu ishlari zulumdan boshqa narsa emas menimcha. Taloq so‘rab gunoxkor bo‘ldimmi? Idda 3 oyu 10 kunda chiqadi, agar erim bilan 3 oyu 10 kun yashamasam va ko‘rmasam menga xam taloq tushdimi? Shu yo‘l bilan taloq olasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lsa taloq so‘rasangiz gunohkor bo‘lmaysiz. Lekin 40 yil birga yashamasangiz ham taloqni olmaguningizgacha oraga taloq tushmaydi. Taloq olgandan keyin uch hayz miqdoricha idda o‘tiradi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 21:21 | Савол-жавоблар | 179 | Oila va turmush