Saddam ismining ma’nosi

Assalomu alaykum! Ismim Saddam, ma’nosini bilmayman arabcha ism deyishadi. Shu xaqida ma’lumot bersangizlar, oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilida “S” harfini ifodalovchi uchta harf bor. Saddam degan “sin” bilan bo‘lsa to‘suvchi, o‘zgartiruvchi, biror narsaga o‘ta xirs qo‘yuvchi ma’nosini bildiradi. “Sod” bilan bo‘lib Soddam bo‘lsa, qiyin vaziyatga tushib qoluvchi va ko‘ngilsiz voqe’alarga aralashuvchi ma’nosini bildiradi. Qattiqqo‘l ma’nosi ustun. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:15 | Савол-жавоблар | 253 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar