Jirkanch jinsiy aloqa
Assalomu alaykum! Qilayotgan ezgu amallaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Bu berayotgan savolimdan oldindan ming bor uzr so‘rayman. Bunaqa bemani savolni faqat shar’iy ilmi yo‘qlar berishligini bilardim. Ammo ba’zibir odamlar bu savolga hattoki qaysidir hadisni misol keltirib javob ham berishdi. Bu holatdan juda qattiq ranjiganimdan yana ko‘taraman. Yana o‘sha er va ayol jinsiy yaqinligi to‘g‘risida. Er xotin bir-birlarini it va eshshak kabi jinsi a’zolarini o‘pishlari joiz, faqat me’yori bilan ruxsat bormish. Bu ishda qanaqa me’yor bo‘lsin tavba?! Hattoki aytishlaricha hadis bormish va bu joiz deelganmish. Bu hadisni eshitib xayron bo‘lib hatto o‘sha namozxon do‘stim haqida fikrim umuman o‘zgarib ketdi. Gap talashib qolib urishib ham ketdim. Undaylarning eng birinchi baxonasi; Qur’onda fakat hayz paytida va orqaga mumkinmas deyilgan.
2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “erkak kishining olati harom emas, u oddiy inson terisi” degan gaplarini aytishadi.
3). Ular “Qani kimning fatvosi bor jinsiy olatni o‘pish harom, kufr va gunohi kabira” degan deb aytishadi. Meni ham quyidagi javobimni berdim.
1). Qur’onda faqat oldi tomonga deyildimi, bas faqat oldinga.
2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ayollari, hattoki bir-birilarining avratlariga qarashmaganlar. Bu juda chiroyli oriyat deb bilaman.
3). G‘azabim kelganidan Alloh kechirsin meni “Shu ishni ayolinga qilasnmi va ayoling ham senga shunaqa ish qiladimi” desam, u erga qarab turib “Er xotin orasadigi ishlar aytilmaydi” deb uyalib qolyabdi. Ularni bu uyatlari o‘sha ishni qilayotganlarida qaerda bo‘ladi? Men, “nega uyalasan agar qilayotgan ishing halol bo‘lsa uyalma” desam u jiimm qoladi. Savolim shuki; nega hanuz xech kim bu haqida buni joiz emasligiga fatvo bermagan? Agar berilgan bo‘lsa bizga xabar beringlar to ularga ko‘rsatib to‘g‘ri yo‘lga solaylik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وربما كان أسوأ من الدبر: وضع الذكر في فم المرأة ونحوه، مما جاءنا من شذوذ الغربيين، فيكون ذلك حراماً لثبوت ضرره وقبحه شرعاً وذوقاً Ayolining duburi (orqasi)ga jinsiy aloqa qilishdan ham yomonroq narsa – er zakarini (jinsiy a’zosini) ayolining og‘ziga qo‘yishidir. Bu (yaramas) ish biz (musulmonlar)ga g‘arbdan kirib kelgan bo‘lib, shariat jihatidan ham, did jihatidan ham zararli va jirkanch bo‘lgani uchun harom bo‘ladi! (Doktor Vahba Zuhayliy, “Al-fiqhul islomiy va adillatuhu”, 4-juz, 191-bet, ettinchi bob, “Al-hazru val-iboha” (ta’qiq va ruxsat) bobi, 4-mabhas, “Al-vat’u va ahkomuhu” (jinsiy aloqa va uning hukmlari). Mabodo yuqoridagi gapga kimdir “bu gap olimning shaxsiy xulosasi, buni joiz degan boshqa ulamolar ham bor” desa, tabiati tortgan bo‘lsa nima ham deyish mumkin. Tabiatiga balli. Go‘daklarning hojat chiqaradigan tuvagini uch bora yuvilsa shar’an toza bo‘ladi. Agar o‘sha tuvakka sho‘rva quyib bersa icha olarmikin? Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 18:58 | Савол-жавоблар | 296