Egizaklarning to‘yi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilminginzni ziyoda qilsin. Mening savolim, ukam egizak, onam notanish insonnikiga sovchi bo‘lib borgan edilar. Qizlar ham egizak ekanlar, yoshlar bir-biriga yoqishgan edi. Lekin qizning buvisiga bir inson egizaklar bir-birlari bilan turmush qurish mumkin emas ekan degan gapdan keyin rad javobini berishmoqda. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U odam noto‘g‘ri aytibdi. Agar gapiga “shariatimizda” deb qo‘shib gapirgan bo‘lsa Alloh va rasuliga yolg‘on to‘qibdi. Aka-ukalar opa-singillarga uylanib farzandlari olim va qori bo‘lganlar yurtimizda minglab topiladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 23:13 | Савол-жавоблар | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar