Jin kirgan odamni Qur’on bilan boshqa odam muolaja qilish mumkin emas deyilibdi

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari! Men bir savolga bergan javobingizni tushunolmaganim sababli aniqlash maqsadida savol so‘ramoqchiman. Javobingiz o‘ta muhim. Zikr ahlidan so‘rash bo‘limining xar-xil savollar bo‘linmasida bir birodarimiz sizdan ushbu savolni so‘ragan ekanlar: Iqtibos:Agar bir odamga jin kirib qolsa va unga boshqa bir odam quron o‘qib jinini chiqarsa shu islomda mumkinmi? Savolga mumkin emas deb javob beribsiz. Muslimaat.uz saytida Sehr haqida kitob degan manbada jin kirgan odamni muolij qur‘on oyatlari bilan (Ruqiya) muolaja qiladi deyilgan. Iltimos shu savolga aniqroq javob bersangiz. Vassalamu alaykum...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bizda odamning ichiga jin kirib olishi haqida noto‘g‘ri fikrlar borligi uchun uning o‘rniga jin tegishi degan istilohni ishlatgan ma’qul. Eski kitoblarimizda ham shunday qilingan. Jin tekkan odamga shariatda ruxsat berilgan tarzda dam solishga ruxsat bor. Shuning uchun men birovning ichiga jin kirdi degan gapni gapirmayman.

28 Апрел 2022, 01:53 | Савол-жавоблар | 197 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar