Pora, savdo va hokazo

Assalomu alaykum! Alloh ishingizni rivojini va barakasini bersin. Manda bir nechta savollar bor edi.
1. Masalan, oddiy doktorga borib spravka sotib olsak, bu xam joiz emasmi? Minnatdorchilik sifatida berilgan pul, pora xisoblanadimi?
2. Bir firma ish qilib beruvchi, ikkinchi firma ish beruvchi. Ish beruvchining(direktorning) ishchilariga pul berib, o‘sha ish beruvchining ishini olish joizmi? Masalan, ish beruvchi qanchadir mikdorda pul bersa, undan ozgina foizini uni ishchisiga berilsa joizmi? Bunday yul orqali pul topish xalolmi? bunday yul bilan topiladigan joyda ishlash va maosh olish xalolmi?
3. Bir ish olinganda, masalan 100 ta dona maxsulot kilib berish kerak, o‘sha maxsulotdan 1 donasi agarda sifati boshqalarnikiga o‘xshab chiqmasa, sifati pastrok yoki eskiroq material ishlatilsa va bu xaqda ish beruvchini ogoxlantirmasdan «xech narsa qimaydi» deb berib yuborsa, bu ish joizmi?
4. Eski narsani, yangi qilib sotish joizmi? yokida ortib qolgan, mayda-chuyda materiallardan maxsulot yasab, uni pulga sotish joizmi?
5. Va’da berib, vadasidan chiqmaganni xukmi qanaqa? masalan, erataga polonchi vaqtda ishingizni bitirib beraman deb, u paytga ulgura olmasa qanday xukm?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Joiz emas. Pora hisoblanadi. 2). Halol emas. 3). Bu xiyonat, harom amaldir. Shuning uchun “bug‘doy o‘g‘risi kofir emas, somon o‘g‘risi kofir bo‘ladi” deyilgan. Chunki bug‘doy o‘g‘risi o‘g‘irlayotgan narsasini o‘g‘irlik deb biladi. Somon o‘g‘risi esa “bu tashlab yuboriladigan narsa” deb qilayotgan ishini o‘g‘irlik deb bilmaydi. “Joiz, bo‘laveradi” deb o‘ylaydi. Holbuki shariatda bug‘doyni o‘g‘irlash o‘g‘irlik bo‘lganidek somon o‘g‘irlash ham o‘g‘irlik hisoblanadi. 4). Eski narsadan yasalganligini aytib sotish joiz. 5). Munofiqning ishlaridan birini qilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 08:35 | Савол-жавоблар | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar