Din haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayyman. Oldin ham bu savolni bergandim ustoz mani dadamlar chaqalogligimda hayotdan ko‘z yumganlar, ayam 5 yoshimda turmushga chiqdilar. 1 yil dadam ayam bilan yashadim, qiz farzandli bo‘lidilar, keyin dadam Rossiyaga ketdilar, orqasidan ayamlaram ukamni olib mani onamni tarbiyasiga tashlab ketdilar. Chamasi 10 yil xabar kelmadi ayamdan, onam mani 6 yoshimdan katta qildilar, har doim Allohdan ayamni qaytishini so‘rab duo qilardim. Lekin ayamla din almashtrib payg‘ambarimizni yomonladilar, “Alloh ruhini Iso alayhissalomni ichida kelgan” dedilar. Ko‘p bora bundaymas dedim, keyin “manga ayamdan ko‘ra Alloh ko‘proq kerak, siz bilan aloqani uzaman” dedim. Meni qilgan ishim joizmi yoki yo‘qmi bilmadim. Ustozlar nima qilgan ishim to‘g‘rim? Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizga ham ta’sirini o‘tkazib qo‘yishi mumkin, shuning uchun aloqani uzganingiz to‘g‘ri. Ular murtad hisoblanadi. Agar onangiz sizga muhtoj bo‘lib qolsa, unga yaxshilik qilasiz.  Shuni ham unutmangki, onangizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga imkoningiz bo‘lsa, albatta qaytarasiz va harakat qilasiz. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 09:52 | Савол-жавоблар | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar