Tanishimning holati
Assalomu alaykum! Tanishim 1 yil oldin koreyalik yigitga erga tekkan ekanla va to‘ydan oldin kuyov musulmon bo‘laman degan ekan va kalima ham keltirgan ekan. Ammo, hozirgacha u yigit aroq ichib cho‘chqa go‘shtini eyishdan to‘xtamapti. Tanishim ham endi namoz o‘qishni boshladilar. Hozirda tanishim uyda o‘zbekistonda o‘tiradi va eri koreyada ekan. Tanishimni boshlari qotgan, ajrashish yoki ajrashmaslikni ham bilmayaptilar. Shunday holda siz ustozlar qanday maslahat bera olasizlar? Ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha koreyalik erdan so‘rash kerak. Agar musulmon bo‘lsa va yashashni xohlasa yashasin, mabodo Islomdan qaytgan bo‘lsa yoki islomdan chiqmoqchi bo‘lsa talog‘ini olib idda o‘tirishi kerak bo‘ladi. Biz eshitganimizga ko‘ra koreyslar o‘zbek qizlarini nikohiga olish uchun yolg‘ondan kalima keltirib, nikohdan keyin yana o‘zining eski holiga qaytib olarkan. Agar shunday bo‘lsa, ularning orasida nikoh yo‘q. Munosabatlar zino hisoblanadi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 10:36 | Савол-жавоблар | 146 | Oila va turmush