Kiblaga yuzlanish xakida

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari,Sizga kuyidagi savollarga oydinlik kiritib berishingizni surab murojaat kilayapmiz:1. Maxallamizda 10-15 yillar avval kurilgan binoda joylashgan namozxona bor. Namozxonaning ichki old devori urtasida mexrobi bor. Namozlar mexrobga yuzlanib ukiladi, ammo mexrob kiblaga tugri emas. Kibla bilan mexrob orasida chamasi 30 gradus burchak farki bor (kibla yunalishi kompas erdamida aniklandi, bunda Toshkentdan kiblaga azimut 240 gradus va + 4 gradus magnit ogishi xam xisobga olindi. Kushimcha ravishda kuyosh soyasi orkali topilgan kibla yunalishi bilan xam solishtirildi). Bu xolatda mexrobga yuzlanib namoz ukish tugri buladimi?2. Namozxonada namoz ukib kelayotgan kishilar bu xolat borligidan xabardorlar, ammo, endi namozni mexrobga emas, balki kiblaga yuzlanib ukisak, avvalgi ukilgan namozlarimiz yuk bulib ketadi, boshkatdan ukishimiz kerak buladi deb aytishayapti. Xakikatdan xam shundaymi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
[quote author=Akbarbek link=topi’=8553.msg71459#msg71459 date=1217339336]Assalomu alaykum Shayx Xazratlari,Sizga kuyidagi savollarga oydinlik kiritib berishingizni surab murojaat kilayapman.Bu boradi bir necha martda savollar berganidim shaxar masjid domlalariga, domla adashib kolgan deb, tulik va batafsil javob olmadi. Gap shundaki, otam yul falokatiga uchrab xaetdan kuz yumdilar. masjidda janaza namozi ukilishidan oldin.mayitning ugillaridan xech kimni domla chakirmay janazani ukib yubordi. va mayitning buynidagi karzlari va oldi-berdilarni kim olishini eshitirilmadi. Endi meni kiynayatgan savol shuki otaning oxirati nima buladi. karzlari bulmagan bulsa xam armoni bor. Nega domla shunaka adashib koldi. kanak yul tutish kerak. iltimos javob bering. masjid domlalaridan kungil kolib ketdi. anik javob olganim yuk. - Janozadan oldin mayyitning qarzini so‘rash va uning yaqinlarini buning uchun chaqirish shart emas. Bu bizda keyin ixtilof chiqmasligi uchun yo‘lga qo‘yilgan odat, xolos. Shuning uchun hech ham ko‘nglingiz xijil bo‘lmasin. Otangizni Alloh rahmat qilsin! Agar biror moliyaviy muammo bo‘lsa, shunday ham merosxo‘rlar orqali hal qilinaveradi. Bas, shunday ekan domaladan xafa bo‘lishga o‘rin yo‘q.

28 Апрел 2022, 12:15 | Савол-жавоблар | 158 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar