Halol luqma haqida

Assalomu alaykum! 20 yoshdaman. 5 vaqt namoz o‘qiyman. Islom qoidalariga qo‘ldan kelgancha amal qilishga harakat qilaman. Dadam ozgina islomdan yiroq, namoz o‘qimaydi. Shu kunlarda telefon orqali muloqotlarida ham yolg‘on gapni ko‘p gapirishlariga guvoh bo‘lyabman. Savolim shuki dadam qassob odamga aylantirib ishlatishi uchun pul bergan ekan. U qassob bizga har haftada bir marta 1 kg miqdorida go‘sht berib turar ekan. Bu harom luqmaga kiradimi? Agar shunday bo‘lsa bu go‘sht bizga ya’ni onam va ukalarim uchun harom luqma bo‘ladimi? Onam uy bekasi, oilada faqat dadam ishlaydi. Javobingiz uchun rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni to‘g‘rilab olish kerak. Dadangizni qilgan ishi sudxo‘rlikka pul berish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:54 | Савол-жавоблар | 191 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar