Meros masalasi

Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari, savol do‘stimni nomidan.
2011-yil Koreya Respublikasida ishlayotgan akam zavodda portlash yuz berib olamdan o‘tdi. Raxbarlari O‘zbekistonga mayyitni junatishdi. Baxtsiz xodisa xisobigami yoki sug‘urta xisobigami bizning xisobimmizga katta miqdorda pul o‘tkazib berishdi. Akam rahmatli u erda 4 yildan ortiq ishlagan edi. U vaqt davomida o‘zimiz yashab turgan uydan tashqari otam, akam va men uchun olgan uchastkaga uy qurdi, ukalarini to‘yiga pul jo‘natdi va mashina oldi. Akamni ota-onasi, bitta opasi, ikkita ukasi, bitta singlisi va turmush o‘rtog‘i va ikki o‘g‘illari bor edi. O‘g‘illarini kattasi 15 kichigi 9 yosh. Shu meros pulidan kim qancha haqdor? Biz ukalarining xam haqqimmiz bormi? Biz xammamiz uylangan va farzandlarimiz bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ukalarning aslo haqqi yo‘q. Vafot qilganning ota-onasi, xotini va farzanlari merosga haqli bo‘ladilar. Aka-uka va opa-singillar etimning haqqi bo‘lgani uchun bir tiynini olishlari ham halol bo‘lmaydi. Hatto bolalar o‘zlari rozi bo‘lib bersalar ham. Vafot etganning bor mulkini ya’ni pul, uy-joy, asbob-anjom, mashinalarni xullas pul bo‘ladigan hammasini qiymatini aniqlanadi va 24ga bo‘linadi. Shundan 3 bo‘lagi xotiniga 4 bo‘lagi otaga, 4 bo‘lagi onaga, qolgan 13 bo‘lagi ikki o‘g‘ilga teng bo‘lib beriladi. Masalan bor mulki 50.000 bo‘lsa uni 24ga bo‘lamiz. 24ta 2.083 bo‘ladi. Shundan 3ta 2.083 ya’ni 6.250 xotinga. 8.

otaga, yana 8.

onaga, qolgan 27.83.33ni ikki o‘g‘ilga teng bo‘lib beriladi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:54 | Савол-жавоблар | 183 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar