Qarz echimi

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bor. U tadbirkorlik bilan shug‘illanadi, mendan ishi uchun qarz oldi. Keyin qarzni qaytarayotganida ustiga qo‘shimcha pul berdi va “chin ko‘ngildan halol” dedi. Savol: bu pul menga halol bo‘ladimi va bu ishimiz sudxo‘rlikka kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarz berilayotgan vaqtda bu chin ko‘ngildan berilgan halol pul haqida hech qanday gap yoki kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa, zarari yo‘q. Qarzni qaytarish vaqtida chiroyli ado qilish joiz. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/38054

26 Май 2022, 13:15 | Савол-жавоблар | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar