Og‘iz ochilmaydimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar ro‘zador odamga uni ixtiyorisiz og‘ziga loy yoki yomg‘ir suvi, chang va shunga o‘xshash narsalar kirsa ro‘zasi ochilmaydimi? Ro‘zador odam suv bilan istinjo qilishi joizmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chang va tutun kirsa ochilmaydi. Chunki ular beixtiyor sodir bo‘ladi va ulardan saqlanish ham mushkul ish. Lekin qasddan isriq hidlasa, sigaret cheksa, og‘zini parga tutsa ro‘zasi ochiladi. Loy va yomg‘irlar esa, beixtiyor og‘izga kiradigan narsa emas. Mabodo og‘izga kirib, tomog‘idan o‘tmasa ro‘zasi ochilmaydi. 2). Savol: Ro‘zador suv bilan mubolag‘ali tarzda istinjo qilsa, bavosil (gemaroy) kasaliga duchor bo‘lganlar o‘sha joylariga dori qo‘ysalar ro‘zalari ochiladimi? Javob: Odatda bavosil kasali bor kishilardan yo‘g‘on ichagi tashqariga chiqib qoladiganlari bo‘ladi. Istinjo chog‘ida suv, bavosili kasalligida dorilar orqa a’zoning klizma qilinadigan joyigacha etib borsa ro‘za ochiladi. Etib bormay tashqarida qolsa, ochilmaydi. لَوْ بَالَغَ فِي الِاسْتِنْجَاءِ حَتَّى بَلَغَ مَوْضِعَ الْحُقْنَةِ فَسَدَ وَهَذَا قَلَّمَا يَكُونُ Agar istinjoni mubolag‘a tarzida qilsayu, klizma qilish o‘rnigacha etib borsa, ro‘zasi ochiladi. Bu narsa juda kamdan-kam bo‘ladi. Roddul Muhtor. وَالْحَدُّ الَّذِي يَتَعَلَّقُ بِالْوُصُولِ إلَيْهِ الْفَسَادُ قَدْرُ الْمِحْقَنَةِ Ro‘zani buzadigan darajada narsaning ichkariga kirishidagi chegara klizmada suv ichkariga ketadigan joyidir. Roddul Muhtor. SAVOL: yo‘g‘on ichagi tashqariga chiqib, qayta joyiga solgan kishining ro‘zasi ochiladimi? JAVOB: yo‘g‘on ichagini yuvib, quritmasdan joyigsha solsa, ro‘zasi buziladi. Yuvgandan so‘ng quritib bo‘lgach joyiga solsa, ochilmaydi. Shuningdek bachadoni chiqib qoladigan ayollar ham. خَرَجَ سُرْمُهُ فَغَسَلَهُ فَإِنْ قَامَ قَبْلَ أَنْ يُنَشِّفَهُ فَسَدَ صَوْمُهُ وَإِلَّا فَلَا Yo‘g‘on ichagi tashqariga chiqib qolgan kishi, uni yuvadi. Uni quritishidan avval joyiga kirgizsa, ro‘zasi ochiladi. Quritib bo‘lib solsa ochilmaydi. Roddul Muhtor. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:23 | Савол-жавоблар | 159 | Dolzarb savollar