Maslahat so‘rab ism va aqiqa haqida

Assalomu alaykum! 1-Inashaalloh farzand kutmoqdamiz. Men o‘g‘il farzand bo‘lsa Muzammil deb ism qo‘yishni niyat qilaman, onam esa Xudoyor ismini ma’qul demoqda. Shar’iy tarafdan qaybiri foydaliroq? Qiyomatda barchamiz ismimiz bilan chaqirilishimizni bilaman.
2-farzandga aqiqa qilish, jonliq so‘yish bilan ado bo‘ladimi? Uning go‘shti qanday taqsimlanishi ma’qul bo‘ladi? Maslahatinglar kerak, izlash xizmatidan aqiqa deb qidirdim, “Alloh mo‘minlarga mehribon” degan tekst chiqib, davomi deganiga yozsam “siz izlagan narsa topilmadi” deyapti. Shunga takror bo‘lsa ham yozdim. Javob uchun oldindan tashakkur.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: إِنَّ أَحَبَّ أَسْمَائِكُمْ إِلَى اللهِ عَبْدُ اللهِ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, Alloh uchun ismlaringizning eng mahbublari Abdulloh va Abdurrohmandir», dedilar».
Muslim, Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.عَنْ أَبِي وَهْبٍ الْجُشَعِيِّ  رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ  صلي الله عليه وسلم قَالَ: تَسَمَّوْا بِأَسْمَاءِ الْأَنْبِيَاءِ، وَأَحَبُّ الْأَسْمَاءِ إِلَى اللهِ عَبْدُ اللهِ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ، وَأَصْدَقُهَا حَارِثٌ وَهَمَّامٌ، وَأَقْبَحُهَا حَرْبٌ وَمُرَّةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Abu Vahb al-Jusha’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Anbiyolarning ismlari ila nomlaninglar.
Alloh uchun ismlaringizning eng mahbublari Abdulloh va Abdurrohmandir. Eng sodiq ismlar Horis va Hammamdir. Ismlarning eng qabihi Harb va Murradir», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchidir.
Sharh: «Horis» – kasb qiluvchi, «hammam» – ahamiyat beruvchi, «harb» – urush, «murra» – achchiq degani.
O‘tgan hadisi shariflardan yaxshi ismlar uch darajaga bo‘linishi ayon bo‘lmoqda:
1. Alloh taologa bandalik va hamd ma’nosini anglatuvchi Abdulloh, Abdurrohman, Abdurrohim, Abdussalom, Hamidulloh, Azizulloh kabi ismlar.
2. Anbiyolarning ismlari. Muhammad, Ahmad, Ibrohim, Ishoq, Yusuf kabilar.
3. Ezgulikni aks ettiruvchi hamda o‘tgan azizlardan qolgan yaxshi ismlar. Sahobai kiromlar, mashhur imomlar va Horis, Hammom kabi ismlar.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=19151.0https://savollar.islom.uz/savol/82624https://savollar.islom.uz/savol/42024https://savollar.islom.uz/savol/34191

26 Май 2022, 13:37 | Савол-жавоблар | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar