Shu holatda oshkor bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Barchangizga Allohdan xayirli ishlaringizni barakasini tilayman. Men doim biror gunoh ish qilib qo‘ysam onamdan "Allohdan mag‘firat so‘rab bering, gunoh ish qilib qo‘ydim" deyman. Ammo nima qilganim xaqida aytmayman. Lekin bir tanishim "gunoh ish qilganini aytgan insonni gunohi oshkor bo‘ldi hisob. Garchi u qilgan gunohini nima ekanligini aytmasa ham"dedi. Men "Meni ummatimni hammasi jannatga kiradi, lekin o‘z gunohini oshkor qilganlari bundan mustasno" mazmundagi hadis o‘qiganman. Ayting men nima qilay? Odam gunohini qaysi holatlarda oshkor qilib qo‘yadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zidan boshqasiga bildirish, oshkor qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:37 | Савол-жавоблар | 142 | Ruhiy tarbiya
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zidan boshqasiga bildirish, oshkor qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:37 | Савол-жавоблар | 142 | Ruhiy tarbiya