Ro‘zadorning burni qonashi

Assalomu alaykum! Ertalab uyg‘onganimdan so‘ng biroz yotdim. Burnim ozgina qonayotganini sezib qoldim. Og‘zimda qon ta’mini sezdim. Bunday holatlarda ro‘zador qonni tomog‘iga ketkazmaslikka harakat qilishi kerakligini bilardim. Lekin negadir bu narsa ayni o‘sha damda xayolimda yo‘q edi. Esimga tushishi bilan darhol o‘rnimdan turdim va imkon qadar qonni tomog‘imga ketkazmaslikka harakat qildim.
Ushbu holatda (mabodo qon halqumdan o‘tgan bo‘lsa) esimda yo‘qligi sababli ro‘zam ochilmadi deyish mumkinmi? Agar uxlayotganda shunday holat bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halqumdan ichkariga o‘tgan bo‘lsa, ro‘za ochiladi. Bu qoidadir. Qanday holat yuz bergani o‘zingizga ma’lum. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:38 | Савол-жавоблар | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar