Qayta niyat qilish

Assalomu alaykum! Saharlik vaqtidan 10 daqiqa oldin niyat qilib og‘iz yopildi, keyin dori ichish esimga tushib, “hali vaqt bor” deb dorimni ichib boshqatdan niyat qildim. Shu qilgan ishim to‘g‘rimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Niyat qilishning oxirgi vaqti qachon?
JAVOB: Bu borada ulamolar turli xil fikrlar aytganlar. Hanafiy ulamolar nazdida ro‘za ikki qismga bo‘linadi. Birinchisiga kechasidan niyat qilish shart emas. Niyat qilib olsa afzal. Ramazon ro‘zasi, ta’yin qilingan nazrlarni, nafl ro‘zalarni ado qilish kabi. Ikkinchisiga kechasidan niyat qilish shart. Yuqoridagi ro‘zalarning qazosi va boshqa barcha ro‘zalar kabi. Shuning uchun Ramazon ro‘zasini tutayotgan kishi kunning yarmi bo‘lishidan avval (shar’iy nisfun-nahorgacha)niyat qilib olsa, bu orada eb-ichib qo‘ymagan bo‘lsa, ro‘zasi ro‘za bo‘laveradi.
“Shar’iy nisfun-nahor”ni bilish uchun subhi sodiqdan quyosh botkunga qadar bo‘lgan vaqtlarni ikkiga bo‘linadi. Agar kunning teng yarmidan ko‘prog‘ida niyat topilsa, ro‘za ro‘za bo‘ladi. Teng yarmida yoki teng yarmidan ozrog‘ida niyat topilsa ro‘za durust bo‘lmaydi.  Umdatul-Fiqh إنَّمَا تَجُوزُ النِّيَّةُ قَبْلَ الزَّوَالِ إذَا لَمْ يُوجَدْ مِنْهُ بَعْدَ الْفَجْرِ مَا يُضَادُّ الصَّوْمَ Niyatni shar’iy nisfun-nahordan oldin qilib olsa, modomiki bu orada ro‘zani buzadigan amallarni qilmasa ro‘za ro‘za bo‘ladi.  Javharotun-Nayyiroh. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan savol-javoblarni o‘qinghttps://savollar.islom.uz/savol/88457

26 Май 2022, 13:41 | Савол-жавоблар | 168 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar