Axta qilingan qo‘chqor qurbonlikka yaraydimi?

Assalamu alaykum! Ba’zi qo‘y boqadigan odamlar qo‘ylari qishda tug‘masin deb, kuz paytida qo‘chqorlarni axtaradi(ya’ni moyaklarni orasidagi tomirni kesadi). Shariatimizda bu ish joizmi? Bu ish jonivorga zulm bo‘lib qolmaydimi? Va bunday qo‘chqorni qurbonlik qilishga yaraydimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo hayvonlarni inson manfaati uchun yaratgan. Ularni axta qilish joiz va bu bilan ular tezroq semiradi. Rasululloh solallohu alayhi vasallam  o‘z qo‘llari bilan ikkita bichilgan shoxdor ola qo‘yni qurbonlik qilganlar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar