Erta saharlik qilish
Assalomu alaykum! Biz musofir yurtida yurib ro‘zani o‘z vaqtida tutmoqlikka harakat qilayapmiz. Savol shundan iborat, ozgina sarmoya ishlash maqsadida ikkitadan ishda ishlaymiz. Ertalab ketib kech 1-2 larda qaytamiz, yuvinib taranguncha soat 3 lar atrofida bo‘ladi shunda saharlik qilib olsak bo‘ladimi? Keyin bir oz dam olib, yana ishga ketamiz. Bizda quyosh chiqishi 5:57 va botishi 21:09. Javobingiz uchun rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saharlik qilish mustahab amaldir. uni bamdod vaqti kirgunicha kechiktirish ham mustahabdir. Mabodo ertaroq saharlik qilib olinsa ham zarari yo‘q. Alloh taolo O‘zining tavfiqida bardavom qilsin. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:46 | Савол-жавоблар | 161 | Ibodatlar