Iftorlik va saharlik vaqti

Assalomu alaykum! Ustozlar, bizning shahar vaqti bilan Bamdod namozi 03:00 da kirsa, biz mana shu 03:00 gacha bo‘lgan vaqt ichida og‘zimizni yopib olsak, to‘g‘ri bo‘ladimi?
Yoki bizning shahar vaqti bilan Shom namozi 20:00 da kirsa, biz shu vaqtda azon chaqirib, iftorlik qilsak to‘g‘ri bo‘ladimi?
Ya’ni, ayni taqvimda ko‘rsatilgan vaqtga amal qilsak, to‘g‘ri bo‘ladimi yoki taqvimga nisbatan 5 daqiqa avval og‘izni yopib, 5 daqiqidan so‘ng iftorlik qilaylikmi?
Hadislarda saharlikni eng oxirgi vaqtigacha qilishga, iftorlikni esa, kirishi bilan qilishlikka targ‘iblar bor. Shu masalada menga yordam bersalaringiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bamdod namozi va saharlik vaqti haqida savolga javob berilganiga ko‘p bo‘lmadi. "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:56 | Савол-жавоблар | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar