Ro‘zani ochishga sabab bormi?

Assalomu alaykum! Ro‘za tutgan odamning oldiga kelgan mehmon ro‘za tutmagan bo‘lsa, ro‘zador mezbon shu mehmon bilan birga taom iste’mol qilib, keyin ro‘zasini tutishda davom etsa bo‘ladi degan gapni eshitib qoldim. Bu fikrga men qarshilik bildirdim. Fikrim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farz ro‘zasini ochishga hech qanday ruxsat yo‘q. Agar ochgan bo‘lsa, 1 kun qazosini va 60 kun kafforat tutishi vojib bo‘ladi. Nafl ro‘za tutganlar mehmon tufayli ro‘zasini ochishi mumkin, lekin boshqa kuni qazosini tutib berish zimmasiga vojib bo‘ladi. Ochgandan keyin davom ettirgan ro‘zasi hisobga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:05 | Савол-жавоблар | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar