Farzandlariga zakot berish

Assalomu alaykum! Bir do‘stim ayolidan ajrashib, farzandlariga aliment puli to‘lab turadi. Hozirda do‘stimning boshqa oilasi va unda farzandlari ham bor. Shu do‘stim zakotining ma’lum qismini birinchi oilasidagi farzandlariga berishi joizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Do‘stingiz zakotining ma’lum qismini birinchi oilasidagi farzandlariga berishi joiz emas. Agar ajrashgan xotini nisobga qodir bo‘lmasa, zakotni unga berishi, u esa agar xohlasa farzandlariga ishlatishi mumkin. Agar ayol nisobga qodir bo‘lsa, unga ham berish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:09 | Савол-жавоблар | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar