Taloqdan keyin qo‘shilish
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar erkak xotiniga jaxl ustida 3 taloq berib qo‘ysa, so‘ng jinsiy aloqa qilmasdan bir yostiqqa yotsa, shariatimizda qanday hukmlar bor? Men bir javobda “agar er xotinini taloq qilsa va “zino bo‘lmasa kerak” deb u bilan jinsiy aloqa qilsa zino bo‘lmaydi” deb o‘qigandim. Javob uchun katta rahmat. Alloh sizlarni ummat uchun qiladigan ishlaringiz ajrini oliy darajada mukofotlasin! Amin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uch taloq qilinganidan keyin bir yostiqqa bosh qo‘yishlari umuman joiz emas. Uch taloq qilganini bila turib, jinsiy yaqinlik qilish begona ayol bilan zino qilgan kabidir. Shu bilan birga haromni pisand qilmaslikda kufrning xavfi ham bordir. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:30 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar