Zaifmi yoki sahih?

Assalomu alaykum! Ustozlar, ikki hadisning hukmini bilmoqchi edim.
1. Xalq ichida «Vatanni sevmoq iymondandir» va «Jannat onalar oyog‘i ostidadir» jumlalari hadis deb yuritiladi. Ushbu hadis sahihmi?
2. Shunday mazmunda hadis eshitgandim: Umar roziyallohu anhu xutba qilayotganda to‘satdan bir yig‘lar, bir kular ekanlar. Buni sababini so‘rashganda, «Yig‘lashimga sabab islomdan avval qiz farzandlarimizni tiriklay ko‘mar edik, kulishimga sabab o‘zimizga o‘zimiz turli eguliklardan iloh yasab olib sig‘inardik va qornimiz ochib qolsa o‘sha ilohimizni eb qo‘yardik» degan ekanlar. Bir maqolada o‘qib qoldim, bu hadis to‘qima, chunki Umar roziyallohu anhu islomgacha ham zakovatli va solih inson bo‘lganlar. U kishi bunday qilmagan va bu hadisni besh hadis olimlari o‘z asarida keltirmagan, deyilgan. Haqiqatan, bu to‘qima hadismi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vatanni sevish, uni ardoqlash, taraqqiyoti uchun xissa qo‘shish bu har bir mo‘minning vazifasidir. Bunga shak-shubha yo‘q. Ammo ilm omonat, unga xiyonat qilishning gunohi ulkandir. Imom Buxoriy rahmatullohi alayh o‘zlarining “Sahih”larida quyidagilarni keltiradilar: 38-BOB. NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA NISBATAN YoLG‘ON TO‘QIGAN KIShINING GUNOHI HAQIDA  حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ الْجَعْدِ قَالَ: أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ قَالَ: أَخْبَرَنِي مَنْصُورٌ قَالَ: سَمِعْتُ رِبْعِيَّ بْنَ حِرَاشٍ يَقُولُ: سَمِعْتُ عَلِيًّا يَقُولُ: قَالَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم: «لَا تَكْذِبُوا عَلَيَّ، فَإِنَّهُ مَنْ كَذَبَ عَلَيَّ فَلْيَلِجِ النَّارَ». تحفة: 10087 Aliy roziyallohu anhu aytadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga yolg‘on to‘qimanglar. Kim menga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxga kiraversin!» dedilar». حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ جَامِعِ بْنِ شَدَّادٍ، عَنْ عَامِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قُلْتُ لِلزُّبَيْرِ: إِنِّي لَا أَسْمَعُكَ تُحَدِّثُ عَنْ رَسُولِ اللهِ صلي الله عليه وسلم كَمَا يُحَدِّثُ فُلَانٌ وَفُلَانٌ. قَالَ: أَمَا إِنِّي لَمْ أُفَارِقْهُ وَلَكِنْ سَمِعْتُهُ يَقُولُ: «مَنْ كَذَبَ عَلَيَّ فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». تحفة: 3623 Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr otasidan rivoyat qiladi:«Men Zubayr roziyallohu anhuga: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan falonchi va falonchilar hadis aytgani kabi hadis aytganingizni hech eshitmayman-a?» dedim. U: «Men u zotdan sira ajralmaganman, biroq u zotning «Kim menga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin!» deganlarini ham eshitganman», dedi»حَدَّثَنَا أَبُو مَعْمَرٍ قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ: قَالَ أَنَسٌ: إِنَّهُ لَيَمْنَعُنِي أَنْ أُحَدِّثَكُمْ حَدِيثًا كَثِيرًا، أَنَّ النَّبِيَّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «مَنْ تَعَمَّدَ عَلَيَّ كَذِبًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». تحفة: 1045 Anas roziyallohu anhu aytadi:«Meni sizlarga ko‘p hadis aytishdan faqatgina Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga nisbatan qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin», deganlari to‘sadi», dedi»حَدَّثَنَا مَكِّيُّ بْنُ إِبْرَاهِيمَ قَالَ: حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ أَبِي عُبَيْدٍ، عَنْ سَلَمَةَ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ  صلي الله عليه وسلم يَقُولُ: «مَنْ يَقُلْ عَلَيَّ مَا لَمْ أَقُلْ فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». تحفة: 4548 Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim men aytmagan narsani meni aytdi desa, do‘zaxdan joyini olaversin», deganlarini eshitganman».حَدَّثَنَا مُوسَى قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ أَبِي حَصِينٍ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «تَسَمَّوْا بِاسْمِي وَلَا تَكْتَنُوا بِكُنْيَتِي، وَمَنْ رَآنِي فِي الْمَنَامِ فَقَدْ رَآنِي، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ لَا يَتَمَثَّلُ فِي صُورَتِي، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ». أطرافه: 3539، 6188، 6197، 6993 - تحفة: 12852 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ismim bilan nomlanavering, kunyam bilan kunyalanmang.* Kim meni tushida ko‘rsa, aniq meni ko‘ribdi, chunki shayton mening qiyofamga kira olmaydi. Kim menga nisbatan qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdan joyini olaversin!» dedilar». * Kunya – kishining o‘z farzandiga nisbat berilgan holda olgan nomi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kunyalari Abul Qosim (Qosimning otasi) bo‘lgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Bu gap hikmatli so‘z ekanligi aniq, lekin biror bir hadis kitoblarida kelgan emas. Bu gapni aytishning hech qanday zarari yo‘q. Lekin buni “hadis” deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatini berishdan ehtiyot bo‘lish kerak. 2-«Jannat onalar oyog‘i ostidadir» lafzi bilan kelgan hadis zaifdir. Ammo bu ma’noga dalolat qiluvchi ko‘plab hadislar bor. عن معاوية بن جاهمة ، عن أبيه ، قال : أتيت رسول الله - صلى الله عليه وسلم - أستشيره في الجهاد فقال النبي - صلى الله عليه وسلم - : ألك ولدان ؟ قلت : نعم . قال : الزمهما فإن الجنة تحت أرجلهما قال الحاكم : صحيح الإسناد Muoviya ibn Johima otasidan rivoyat qiladi: otasi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga jihod haqida maslahat so‘ragani keldim. Shunda u zot: “Ota-onang bormi” dedilar. Men “Ha” dedim. U zot “Ikkisidan ajralma. Chunki jannat ularning oyoqlari ostidadir” dedilar – degan. Ibn Hibbon “Bu hadisning sanadi sahih” deganlar. Zakovat, aql-farosatning o‘ta ziyodaligi boshqa, hidoyat boshqa narsadir. Birining borligi boshqasini ham borligini taqazo qilmaydi. Hozirgi taraqqiyot topgan davrda milionlab aql-zakovat va miliardlab insonlarda topilmaydigan iste’dod egalari bor. Shunday bo‘lsada ularni qanchalari kalamushlarga va yana qanchalari haykallarga, hattoki insonning jinsiy a’zolariga sig‘inishayotganini yana ba’zilari esa o‘shanday aql-zakovatli bo‘la turib, Allohning borligini inkor qilayotganini ko‘rayapmiz. Anar Umar roziyallohu anhu haqlaridagi rivoyat bor bo‘lgan taqdirda ham bu u kishining sha’nini pastga uruvchi narsa emasdir. Balki Allohning hidoyati qanchalar buyuk, botqoqdagi insonni qanchalar yuksaklarga ko‘tarishi mumkinligini dalilidir. Bu kabi ish aynan hazrati Umar roziyallohu anhudan sodir bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahoba bo‘lishdek sharafga muyassar bo‘lgan odamlardan sodir bo‘lgan. Buni ajablanarli joyi yo‘q. Bu erda e’tiborni Allohning hidoyati qanchalik buyuk ekanligiga qaratish kerak. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:24 | Савол-жавоблар | 141 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar