Kishi qarzdor bo‘lsa
Assalomu alaykum! Muhtaram Ustozlar, kishi qarzdor bo‘lsa va berish niyatida bo‘lsayu haqdor sabr qilishni hohlamay yoki ishonmay (balki sharoit ta’qozosidan) qarzdordan haqqini undirish maqsadida ustidan shikoyat qilsa va qarzdor qarzini berolmagani uchun sud uni jinoiy javobgarlikka tortib, ozodlikdan mahrum qilsa va qarzini 20% ni sud ijroga undirishga qo‘ysa. Mana shu holda qarzdor ozodlikdan mahrum etilgani va 20% li ijro qarzini to‘lashi bilan oxiratda javobgar bo‘ladimi yo‘qmi? Ya’ni zimmasidan soqit bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarzdor qancha qarzi bo‘lsa, bir tiyinini ham haqdorga to‘lamagunicha qiyomatda “qarzdor” degan hukmda bo‘ladi. Shariatning hukmi ham qarzdor qarzini to‘lamasa yaqinlari mol dunyolarini sotib qarzini to‘lamagunicha qamab qo‘yiladi. Qamalgani tufayli zimmasidagi farzi soqit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:29 | Савол-жавоблар | 130 | Halol va harom