Qarzga berilgan telefon
Assalomu alaykum! Menda bir ortiqcha smartfon bor edi va bir qarindoshim so‘ragani uchun uni vaqtinchalik ishlatib turishiga qarz sifatida bergan edim. Berayotganimda «Hech nimasini o‘zgartirmagin, qaytib berayotganingda shunday qaytib berasan» degandim, lekin mening smartfonim korpuslari darz ketgan va eskirgani uchun qarindoshim o‘z yonidan harajat qilib narsalarini o‘zgartiribdi. Ya’ni korpus va boshqa kerakli narsalarini almashtirgan. Endi menga shu smartfon kerak bo‘lmoqda va erta-indin qaytarib olmoqchiman. Men endi qarindoshim harajat qilib yaxshilatgan telefonni qaytarib olsam joizmi? Ya’ni xuddi qarzga pul berib qaytib olayotganda ko‘proq qaytib olayotganga o‘xshab, eski telefonni tutib, ishlatgani evaziga yaxshilab berishi bo‘lib qolmaydimi? Ya’ni ribo bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘nglingiz bo‘lmayotgn bo‘lsa qilgan harajatini bering. Agar qilgan harajatiga rozi bo‘lsa, o‘zining ishi. Avvalida shartlashmaganingiz uchun ribo bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:34 | Савол-жавоблар | 140 | Halol va harom