Usta asbobi

Assalomu alaykum! Bir kishidan insonlar foydalansa, u inson ham ularni bu amalini bilsada ularga yordam bersa. Ya’ni usta kishidan asbob olib, buzib, olib kelaversada usta yana ulardan bo‘lgan zararga qaramasdan asbob beraversa. Qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Usta asbobini ikkita qilib qo‘ysin. Birini o‘zi ishlatadi, ikkinchisini so‘raganlarga beradi. Shunda “Maa’uun” surasidagi va’iddan ham qutilib qoladi.  وَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ ۝الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki… 5. Ular namozlarini unutuvchilardir. الَّذِينَ هُمْ يُرَاؤُونَ 6. Ular riyo qiladiganlardir.  وَيَمْنَعُونَ الْمَاعُونَ 7. Va maa’uunni man qiladiganlardir. «Maa’uun»ni ba’zi tafsirchilar zakot, deydilar, boshqalari esa xo‘jalikda kerak bo‘lib turadigan asbob-anjomlar, deydilar. Islom satxiy, zohiriy narsalar dini emas. Balki ixlos va amal dinidir. Ibodatlar ixlos bilan bo‘lmasa, egasini yaxshi axloq va omillarga boshlamasa, haqiqiy bo‘lmaydi. Inson tili bilan «Musulmonman», deyishi, Islomiy amallarning ba’zilarini ado etishi, masalan, namoz o‘qishi ham mumkin, lekin haqiqiy musulmon bo‘lsa, iymon alomatlari uning yurish-turishida, muomalasida, gap-so‘zida, ishida, odob-axloqida – hamma-hammasida ko‘rinib turadi.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar