Uyqudan oldingi holat

Assalomu alaykum! Men hozir 19 yoshdaman. Avval ilmsizligimdan ba’zi ahmoqliklar qilgan edim. Allohdan gunohimni o‘tishini so‘radim va hozirda juma kunlari namoz o‘qiyapman. Ancha vaqt o‘tib bemani tushlar ko‘rdim va men bu tushlarni qayta ko‘rishni istamayman. Shu sababdan nuqul uyquga ketmoqchi bo‘lsam yomon xayollar keladi va ruhan azoblanaman. Ota-onamlar ham hayronlar. Menga nima maslahat berasizlar? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan, yotishdan avval o‘qiladigan duolarni o‘qib yoting. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:40 | Савол-жавоблар | 160 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar