Tana a’zolari haqida

Assalomu alaykum!  Bir odam avtohalokatga uchrab, boshi uzildi  va qo‘l oyog‘i ham uzilib vafot etdi. Shu holatda  mazkur mayyitning tanasi bilan birga boshi, qo‘l va oyog‘i yuvilib, tanasi bilan birga kafanlanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha bunday holatda  mazkur mayyitning tanasi bilan birga boshi, qo‘l va oyog‘i yuvilib, tanasi bilan birga kafanlanadi. Janoza o‘qish uchun jasadning boshi bo‘lmasa ham ko‘proq qismi topilishi kerak. Agar mayyitning yarmi topilib, boshi ham birga bo‘lsa, unda ham yuviladi va janozasi o‘qiladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:39 | Савол-жавоблар | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar