Juma kunida jamoat bulib peshin uqish

Assalamu alaykum va rahmatulloh, Ustoz,man hozir evropaning boshqa davlatidan 9 kunga Ispaniyaning Barselona shahriga kelganman.Bugun Juma kuni edi.Man shu erdagi Pokistonliklarning masjidiga Juma uqish uchun keldim.Lekin bu erda Juma namozining 2 rakat farzini emas,balki 4 rakat farz uqishdi.Man bulsa 2 rakat juma namozi uchun niyat qilgan edim. SAVOL-1:Namozimni yana bir bor,peshin uchun niyat qilib uqib quyishim kerakmi? SAVOL-2:Uzi umuman Juma kuni juma namozini emas,balki jamoat tarzida peshinni uqish mumkinmi?Man turli mazhabdagi(shiadan tashqari) musulmonlar bilan namoz uqiganman,lekin Juma namozida 4 rakat farz uqishganligiga ilk bor duch kelishim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha odamlar jumaning shartlari to‘liq bo‘lmagani uchun Peshin namozini to‘liq o‘qishgan bo‘lsa, kerak. Jumaning farzi to‘rt rak’at degan gap mutlaqo yo‘q.

28 Апрел 2022, 15:43 | Савол-жавоблар | 138 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar