Tildagi nuqsonlik
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mening tilimda nuqsonim bor (duduqlanish). Shu holimga ham Alhamdulillaq deyman! Lekin shu kasalligimga shifo topgim keladi. Xuddi boshqa insonlar kabi men ham chiroyli tilovat, chiroyli nasihat va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini chiroyli tarzda aytgim keladi, lekin menda unday emas. Men o‘tgan yili Shayx Hazratlari(rohimahulloh)dan shu masalada “kasalimga Qur’ondan shifo topishim mumkinmi” deb so‘raganimda ular, “siz oldin shu soxa mutaxassislariga uchrashing, agar ular bo‘lmaydi desa keyin ko‘rasiz” degandilar. Men mutaxassislar bilan uchrashdim, ular mendan keyingi singlim va ukamda ham va qarindoshlarimdan ba’zisida shu narsa borligi sababli ochiqchasiga “davo yo‘q” deyishdi. Savolim shuki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday kasalga Qur’ondan birorta o‘rgatgan duolari, maslahatlari yoki shunga o‘xshash hadislar kelganmi? Yoki ulardan keyingi ulug‘ insonlarning tajribasidan o‘tgan maslahatlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday holat Allohning payg‘ambari Muso alayhissalomda ham bo‘lib, shu sababdan u kishi malomatlar ham qilingan. Alloh taolo “Zuxruf” surasi 52-oyatida marhamat qiladi :
Fir’avn Muso alayhissalomning tilidagi ozgina duduqlanishni ayb sanadi. Insoniylik darajasi bo‘yicha asosiy mezon qilib,
«Men mana bu haqir, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?» – dedi.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:02 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar