Yasin
Assalamu alaykum! Allohning rizoligi hammamizga nasib etsin. Dadam menga ko‘p bora : “Men vafot etsam qabrga qo‘yishgandan keyin sen qolib “Yasin”ni bir necha marta o‘qi” deydi. Bu gapda biron hikmat bormi? Biror narsadan umid qilinsa bo‘ladimi? O‘zi qabrni oldida qolib “Yasin” o‘qib o‘tirish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dafndan so‘ng dafn qilingan shaxsga mag‘firat tilab duo qilinadi.
Imom Jaloliddin Suyutiy «Sharhis-Suduri bi sharhi holil mavta val quburi» nomli kitoblarining «Dafn paytida aytiladigan narsalar» bobida, jumladan, quyidagilarni keltiradilar: رَوَى الطَّبَرَانِيُّ عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْعَلَاءِ بْنِ اللَّجْلَاجِ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: قَالَ لِي أَبِي اللَّجْلَاجُ أَبُو خَالِدٍ: يَا بُنَيَّ، إِذَا مِتُّ فَأَلْحِدْنِي، فَإِذَا وَضَعْتَنِي فِي لَحْدِي فَقُلْ: بِسْمِ اللهِ، وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللهِ، ثُمَّ شُنَّ عَلَيَّ التُّرَابَ شَنًّا، ثُمَّ اقْرَأْ عِنْدَ رَأْسِي - بِفَاتِحَةِ الْبَقَرَةِ، وَخَاتِمَتِهَا - فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ ذَلِكَ. Tabaroniy Abdurrahmon ibn Alaa ibn Lajlajdan, u otasidan rivoyat qiladi:
«Otam Lajlaj Abu Xolid menga: «Bolajonim! Vafot etganimda meni lahadga qo‘y. Meni lahadimga ko‘yganingda «Bismillahi va alaa millati Rasulillahi», degin. So‘ngra ustimga tuproq tortgin. Keyin bosh tarafimda Baqaraning avvali va oxirini qiroat qilgin. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitganman», dedi».
Yana o‘sha kitobning «Mayyitga yoki qabrga Qur’on qiroat qilish» bobida imom Jaloliddin Suyutiy rahmatullohi alayhi quyidagilarni yozadi:
«Musulmonlar barcha asrlarda hech qanday inkorsiz jamlanib, o‘liklariga qiroat qilib kelmoqdalar. Bas, bu narsa ijmo’ bo‘ladi. Bularning hammasini Hofiz Shamsuddin Abdul Vohid Maqdisiy Hanbaliy shu masala bo‘yicha ta’lif etgan kitobida zikr qilgan.
Qabrga qiroat qilishga kelsak, uning shariatda borligiga bizning ashoblarimiz va boshqalar jazm qilganlar.
Za’faroniy: «Shofe’iy rahimahullohdan qabr oldida qiroat qilish haqida so‘radim. «Hechqisi yo‘q», dedi.
Imom Ahmad ibn Hanbal buni avval inkor qilar edi, chunki unga biror rivoyat etmagan edi. Unga rivoyat etganda, o‘z fikridan qaytgan».
Imom Jaloliddin Suyutiyning «Sharhis-Suduri bi sharhi holil mavta val quburi» nomli kitobida zikr qilingan, imom Ahmad ibn Hanbalga qabr ustida qiroat qilishga hujjat bo‘lgan rivoyatning qanday etganini shayx Abdulfattoh Abu Fudda rahmatullohi alayhi «Salasu rasoila fiy istihbobi duoi va raf’ul yadayni fiyhi ba’das-salavotil maktuba» nomli kitobga yozgan muqaddimada o‘qiymiz:
«Ibn Qayyum «Kitobur ruh»ning avvalida (51-betda) zikr qiladi: «Xallol aytdi:
«Hasan ibn Ahmad Varroqdan, u Ali ibn Muso Haddoddan rivoyat qiladi:
«Ahmad ibn Hanbal va Muhammad ibn Qudoma Javhariy bilan birga janozada edim. Mayyit dafn qilinganida, bir ko‘r kishi qabr yonida o‘tirib, qiroat qila boshladi. Shunda Ahmad unga:
«Ey, sen! Qabrning yonida qiroat qilish bid’atdir!» dedi.
Maqbaradan chiqqanimizda Muhammad ibn Qudoma Ahmad ibn Hanbalga:
«Ey Abu Abdulloh! Mubashshir Halabiy haqida nima deysan?» dedi.
«Ishonchli odam», dedi.
«Undan biror narsa yozganmisan?» dedi.
«Ha», dedi.
«Mubashshir menga Abdurrahmon ibn Alaa Lajlajdan, u otasidan xabar berdi. O‘sha odam dafn qilinganidan so‘ng bosh tarafida Baqaraning avvali va oxirini o‘qishni vasiyat qilgan va «Ibn Umarning shunday vasiyat qilganini eshitganman», degan ekan», dedi.
Shunda Ahmad unga:
«Qaytib borib, haligi odamga ayt, qiroat qilaversin», dedi».
Imom Ahmadni Alloh rahm qilsin. U bilan haqning orasida adovat yo‘q edi» (7-8-betlar).
Hadisi sharifda rivoyat qilinganki, safarga chiqqan bir odam bilmasdan qabr ustiga kapa tikib oladi. Keyin qabr ichidagi inson Taborak surasini oxirigacha qiroat qilganini eshitib, buni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganda, u zot:
«U (Taborak surasi) man qiluvchidir. U najot beruvchidir. Unga qabr azobidan najot beradi», deganlar.
O‘likning qabr ichida turib, Qur’on qiroat qilgani sobit bo‘lganidan keyin tiriklar qabr ustida turib qiroat qilishlarini nima uchun man qilish kerak?!
Shuning uchun bizda dafndan keyin Taborak surasini qiroat qilish odat bo‘lgan.
Boshqalarda, masalan, Libiyada Yosin surasini qiroat qilish odat bo‘lgan.
7. Qabrlarni ziyorat qilish.
Ahli sunna val jamoa mazhabi bo‘yicha, ruh, ya’ni bayonga, nutq qilishga va xitobni fahmlashga qodir bo‘lgan jon jasadning yo‘q bo‘lishi bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi. U mavjud holda bo‘ladi. O‘lganlarning ruhlari to‘planadi. Azob va savob ham ruhga, ham badanga bo‘ladi. Ruh badandan ajraganidan keyin ne’matlanishi yoki azoblanishi davom etadi.
Mayyitlar o‘zlarining tirik yaqinlarining holini bilib turadilar. Ularning yaxshi ishlaridan xursand, yomon ishlaridan xafa bo‘ladilar.
Mayyitlar o‘zini ziyorat qilganlarni biladi va u ma’ruf ish qilsa, foyda, munkar ish qilsa, ozor oladi.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha, qabrlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga mandubdir. Boshqa mazhablar «Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emas», deganlar.
Qabr ziyorati juma, shanba, dushanba va payshanba kunlari bo‘lgani yaxshi. Ziyorat va duo tik turgan holda bo‘ladi.
Ziyoratchi Yosin surasini qiroat qilishi mandubdir. Buni «Al-Bahru ar-Roiq» kitobining sohibi va Zayla’iy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar. قَدْ رُوِيَ عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم أَنَّهُ قَالَ: «مَنْ دَخَلَ الْمَقَابِرَ فَقَرَأَ سُورَةَ ﭬ خُفِّفَ عَنْهُمْ يَوْمَئِذٍ، وَكَانَ لَهُ بِعَدَدِ مَنْ فِيهَا حَسَنَاتٌ». Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan:
«Kim maqbaralarga kirganda Yosin surasini qiroat qilsa, Alloh o‘sha kuni ularga engillik beradi va unga o‘sha erdagi narsalar adadicha hasanotlar bo‘ladi», deganlari rivoyat qilingan. عَنْ مَعْقِلِ بْنِ يَسَارٍ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: «اقْرَءُوهَا عَلَى مَوْتَاكُمْ» يَعْنِي ﭬ . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ. Ma’qal ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam:
«O‘liklaringizga Yaasinni qiroat qiling», dedilar».
Ahmad, Ibn Moja, Abu Dovud va Hokim rivoyat qilishgan.
Shuningdek, "Fotiha" surasi, "Baqara" surasining avvalidan «muflihun»gacha, «Kursiy» oyatini, «Amanarrasulu»ni, "Taborak" surasini, "Takaasur" surasini, «Qul a’uuzu birobbil falaqi» hamda «Qul a’uuzu birobbinnasi»ni uch martadan va Ixlos surasini uch, etti yoki o‘n bir marta o‘qisa ham, yaxshi bo‘ladi. Qiroatning savobini o‘tganlarga bag‘ishlab duo qilinadi.
Qiroatning savobini Rasululloh alayhissalomga bag‘ishlash mustahabdir.(“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:11 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar