Farishtalar iqtido qiladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Uyda yolg‘iz o‘zimiz namoz o‘qiyotganimizda azon aytamiz. Shunda namozxonning orqasida farishtalar iqtido qiladi deb eshitdim. Namoz o‘qimoqlikni niyat qilayotganimizda, "niyat qildim"deb emas "niyat qildik" diyishlik kerak ekan. Shu tog‘risida Quroni karimda yoki muborak hadislarda bayon qilinganmi? Alloh taolo hammamizni ilmimizni ziyoda qilsin. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Niyat qildim” deyiladi. G‘aybiy ishlar borasida biror oyat yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari bo‘lishi kerak. Usiz g‘ayb to‘g‘risida gapirish joiz emas. Yolg‘iz o‘qiganda farishtalarni iqtido qilishi haqida biror sahih hadisni bilmaymiz. Ammo hadislarda :عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: المَلاَئِكَةُ تُصَلِّي عَلَى أَحَدِكُمْ مَا دَامَ فِي مُصَلَّاهُ الَّذِي صَلَّى فِيهِ، مَا لَمْ يُحْدِثْ، تَقُولُ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لَهُ، اللَّهُمَّ ارْحَمْهُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Modomiki biringiz namoz o‘qigan joyida bo‘lar ekan, tahoratini singirmay tursa, farishtalar unga salovat aytishadi va “Allohim uni mag‘firat qilgin, Allohim unga rahm qilgin” deyishadi” dedilar". Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:16 | Савол-жавоблар | 127 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar