Hamkorlikdagi savdo

Assalamu alaykum! Ikki inson savdogarlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar. Ularning birida pul yo‘q, ikkinchisida esa bu ish uchun vaqt yo‘q. Kelishuvga ko‘ra ular birgalikda bozorga bordilar va ulgurji narxda mahsulot sotib oldi. Puli bor inson mahsulotlarga 10 % dan ustiga qo‘yib, o‘sha bozorning o‘zida puli yo‘q sherigiga o‘tkazdi. Misol uchun, 1000 so‘mdan olingan narsaga 1100 so‘mdan. Mahsulot sotilgandan so‘ng pulini 1100 so‘mdan qaytaradigan bo‘ldi. Bu kelishuv to‘g‘ri bo‘lganmi? Ya’ni muzoraba shartiga to‘g‘ri keladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu naqdga olib, nasiyaga sotish hisoblanib, bunday kelishuv shar’an joiz. Lekin muzorabaga tushmaydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:20 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar