Qaysi biri ma’qul?

Assalomu alaykum! Namozdan keyingi “Allohuma antas salam va minkas salam taborakta ya zal jallali val ikram” degan duoni ko‘pchilik imomlar va boshqalar “Allohuma antas salam va minkas salam taborakta robbana va tala ya zal jallali val ikram” deyishadi. Qaysi birini aytish yaxshi? Duoni noto‘g‘ri yozgan bo‘lsam Allohni o‘zi kechirsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عنْ ثوبانَ رضي اللَّه عنْهُ قال : كان رَسُولُ اللَّهِ صَلّى اللهُ عَلَيْهِ وسَلَّم : « إذا انْصَرَف مِنْ صلاتِهِ اسْتَغفَر ثَلاثاً ، وقال : « اللَّهُمَّ أَنْتَ السَّلامُ ، ومِنكَ السَّلامُ ، تباركْتَ يَاذا الجلالِ والإكرام » قِيل للأَوْزاعي وهُوَ أَحَد رُواةِ الحديث : كيفَ الاستِغفَارُ ؟ قال : تقول : أَسْتَغْفرُ اللَّه ، أَسْتَغْفِرُ اللَّه . رواهُ مسلم .
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlaridan burilganlarida uch bor istig‘for aytar va “Allohuma antas salam va minkas salam taborakta ya zal jallali val ikram” der edilar. Hadisning rivoyat qiluvchilaridan biri bo‘lgan Avzoiyga “istig‘for aytish qanday bo‘ladi” deyildi. “Astag‘firulloh, Astag‘firulloh deysan” dedi”. (Muslim rivoyati). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:43 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar