Qorin bilan uxlash

Shayx hazratlari vatsappdan telefonimga kelgan rasmda bir hadisni o‘qib qoldim agar savolim takroriy bO‘sa oldindan uzr so‘rayman hadislar bo‘limi izlap topolmadim.
Abu Dovud r. A. Rivoyat qilinga hadisda, Inson kechasimi yoki kunduzimi uhlash asnosida qorni ustida yotmasin!
Nabiy sallollohu alayhi vassallam aydilar: "Qorni ustida uhlash dO‘zah ahlining yotishidir. Unday yotganlarga Alloh azza va jalla o‘azab qilur" dedilar.
Shu hadis sahihmi? Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ya’ish ibn Tixfa al-G‘iforiydan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Otam menga quyidagilarni aytib berdilar. Bir kuni men masjidda qornimni erga qaratib yotgan edim, nogahon bir kishi kelib, oyog‘i bilan meni turtdi-da: «Albatta, bu yotish Allohning g‘azabini keltiradi», dedi. O‘girilib qarasam, u gapirayotgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. Abu Dovud rivoyatlari.
Foyda: Qorinni erga qaratib yotishdan qaytarilgan.

28 Апрел 2022, 16:48 | Савол-жавоблар | 185 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar