Boshqa dindagilarning yaxshi amallari

Assalomu alaykum! Men juda ko‘p duch keladigan savol bermoqchiman. To‘g‘rirog‘i, menga shu savolni o‘rtaga tashlashganida, qoniqarli javob bera olmayman. Islom dinida bo‘lmagan xristian, baptist, buddizm va hokazo insonlar bo‘lib, shu shaxslardan ham bizning dinimizda savob hisoblangan yaxshi amallar qiladiganlari ham bor. Bir tanishim bilan bu borada ko‘p tortishamiz. U kishi "bir xristian yaxshi amallar qilsa, masalan musulmonlarga masjidlar, ko‘priklar qurib bersa, ammo o‘zi Islomda bo‘lmasa, unda nima bo‘ladi" degan savoliga hech ikkilanmay “jannatga kirmaydi, chunki Alloh shirkni kechirmaydi” deb javob bersam ham, uni bu javobim qoniqtirmaydi. Ustozlar, men nima deb javob bersam bo‘ladi? Savolim o‘rinsiz bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘rayman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo  “An’om” surasi 88-oyatida :
Ana o‘sha Allohning hidoyati bo‘lib, bandalaridan O‘zi xohlagan kishisini unga hidoyat qilur. Agar ular shirk keltirsalar, qilgan amallari albatta habata bo‘lib ketar edi.
Demak, payg‘ambarlarga berilgan narsalar Alloh tomonidan bashariyatning hidoyat topishi uchun berilgan narsalardir. Kim ularga ergashsa, hidoyat topadi. Kimki undan chetga chiqib, Allohga shirk keltirsa, qilgan amali behuda bo‘lib, uning halokatiga sabab bo‘ladi. Alloh taolo “Zumar” surasi 65-oyatida :
Batahqiq, senga va sendan oldin o‘tganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lursan.
Furqon” surasi 23-oyatida : Va qilgan amallariga kelib, ularni to‘zon kabi sochib yuboramiz.
Kofirlarning bu dunyoda qilgan ba’zi bir yaxshi amallaridan umidlari bo‘lishi mumkin. Ammo iymon bo‘lmaganidan keyin, u ishlar hech foyda bera olmaydi. Qiyomat kuni Alloh taolo u amallarni ham to‘zon kabi sochib yuboradi.
Kofirlar ana shunday tahlikali bir holda turganlarida, mo‘minlarning ahvoli umuman boshqacha bo‘ladi:

Ibrohim” surasi 18-oyatida :

Robblariga kufr keltirganlarning amallarining misoli xuddi bo‘ronli kunda shamol uchirib ketgan kulga o‘xshaydir. Kasb qilgan narsalaridan biror narsaga qodir bo‘lmaslar. Ana o‘sha o‘zi butunlay adashuvdir.
Kofirlik ana shunday yomon narsadir. Har qanday amal ham, agar egasida kofirlik bo‘lsa, behudaga aylanadi. Kofirlik har qanday yaxshi amalni xuddi kulga o‘xshatib, keraksiz qilib qo‘yadi. Cho‘g‘i yo‘q kul befoyda narsaga aylanib, uni shamol to‘zitib, uchirib ketganidek, kofirlarning amallari ham behuda ketadi. Ha,
«Robblariga kufr keltirganlarning amallarining misoli xuddi bo‘ronli kunda shamol uchirib ketgan kulga o‘xshaydir».
Ular turli amallarni qilishlari mumkin, ammo foyda ola bilmaydilar. Ha,
«Kasb qilgan narsalaridan biror narsaga qodir bo‘lmaslar. Ana o‘sha o‘zi butunlay adashuvdir».Oli Imron” surasi  22-oyatlarida :
 
Ana o‘shalar amallari bu dunyoyu oxiratda habata bo‘lganlardir va ularga yordam beruvchilar yo‘qdir.
Iymonlari yo‘qligi, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari tufayli ularning ba’zi qilgan yaxshi ishlari ham bekor ketadi. Ularga amallari savob va najot keltirmaydi. Hamda ularning boshlariga mushkul ish tushgan paytda yordamchilar yo‘qdir. Yana “Kahf” surasi 103-105-oyatlarida ham :
103. Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ko‘p ziyon ko‘ruvchilarning xabarini beraymi?
104. Ular bu dunyo hayotidayoq sa’y-harakatlari botil bo‘lgan, o‘zlari esa, go‘zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», – degin.
Ey Muhammad, sen odamlarga: «Bu dunyoda qilgan amallari tufayli eng ko‘p ziyon ko‘ruvchilarning kim ekanini xabar qilaymi, aytib beraymi?» – degin. Ularning qilgan amallari oxiratga qolish u yoqda tursin, bu dunyoning o‘zidayoq botil bo‘ladi. Qilgan sa’y-harakatlari befoyda bo‘ladi. Holbuki, ular o‘zlaricha, juda yaxshi ish qilyapmiz, deb o‘ylaydilar. Ana shunday odamlar kim ekanini aytib beraymi? 105. Ana o‘shalar Robblarining oyatlariga va U Zotga ro‘baro‘ kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata bo‘ldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz.
Ya’ni yuqoridagi ikki oyatda tasvirlangan, amallari behuda ketadigan, juda yaxshi ishlarni qilmoqdamiz, deb gumon etsalar ham, bu dunyoning o‘zidayoq sa’y-harakatlari botil bo‘ladigan kimsalar,
«Ana o‘shalar Robblarining oyatlariga va U Zotga ro‘baro‘ kelishga kufr keltirganlardir».
Ya’ni ular Allohning oyatlariga va qiyomat kuniga kufr keltirgan kimsalardir. Shuning uchun ham:
«...ularning amallari habata bo‘ldi».
Bir necha bor aytib o‘tilganidek, «habata» so‘zi aslida zaharli xashakni eb qo‘ygan hayvonning qorni shishib ketishi ma’nosini anglatadi. Sirtdan qaraganda, hayvon xashak eb, qornini to‘ydirganga o‘xshaydi. Aslida esa qorniga kirgan taomdan unga hech foyda bo‘lmaydi. Balki zarar etadi. Hatto qorni yorilib, o‘lishi ham mumkin.
Shunga o‘xshash, kofir ham, sirtdan qaraganda, yaxshi ish qilayotganga o‘xshaydi. Lekin aslini olganda, u xuddi zaharli xashak tanovul qilayotgan hayvon kabi, behuda urinayotgan bo‘ladi. Qilayotgan amali zoe ketadi.
«Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz».
Ya’ni qiyomat kuni kofirlarning hech qanday qadr-qiymati bo‘lmaydi. Ularning bu dunyoda qilgan amallarining vazni ham bo‘lmaydi. Chunki Allohning nazdida hamma qadr-qiymat va amallarning vazni iymonga bog‘liq. Iymoni yo‘qning qadri ham yo‘q, qiymati ham yo‘q. Uning qilgan ishining vazni ham yo‘q.

A’rof” surasi 147-oyatida :

Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg‘onga chiqarganlar – ularning amallari habata bo‘ldi. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.
Ya’ni iymonsiz bo‘lganlari uchun ba’zi bir qilgan yaxshi amallari ham samarasiz bo‘ladi. Ularga bu amallaridan savob tegmaydi. Bunday holga arab tilida «Ishi habata bo‘ldi», deyiladi. «Habata» so‘zi zaharli o‘simlikni ko‘p eb qo‘yib, qorni shishib o‘lgan hayvonga nisbatan ishlatilishi avval aytib o‘tilgan edi. Iymonsizlarning ham qilgan amallari ana shunga qiyoslanmoqda. Haqiqatan, Alloh taoloning oyatlari, belgilari va mo‘’jizalarini ko‘rib-bilib turib, ularni yolg‘onga chiqarganlar, oxirat kuniga iymon keltirmaganlar ana shunday qismatga loyiqdirlar.("Tafsiri Hilol") Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:00 | Савол-жавоблар | 173 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar