Aqli firosalar kimlar?
Assalomu alaykum! Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarini eshitganimda yo amakilari Abu Tolib, yo bobolari Abdulmuttolib Muhammadni aqlifirosaga ko‘rsatadi. Ahlifirosa insonni yuziga qarab kelajakda qanday odam bo‘lishini aytib berishi kerak edi. Imomi Shofi’iy 5 yil umrini shu fanni o‘rganishga sarflagan ekanlar. Aqlifirosalar kimlar (qanday fan) hozir mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida firosat sherning o‘z o‘ljasiga tashlanishiga aytiladi. Firosat deb – zohiriy alomatlarga qarab, botiniy holatlarni bilishga aytiladi. Alloh taolo farosat va farosat ahlini O‘zining kitobida bir necha o‘rinlarda maqtagan.
1-“Hijr” surasi 75-oyatida :
Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat(belgi)lar bordir. (Tafsiri Hilol)
Oyatdagi “mutavassmimin”lardan murod, siymosiga nazar solib tafakkur qilib, kimligi va qanday odamligini bilib oluvchi kishilardir. Arablarda “Senda falol narsalarni tafarruz qildim” degan gap bor. Ya’ni “seni shunday odam ekanligingni sezdim” deganidir. Alloh taolo “Muhammad” surasi 30-oyatida inson siymosiga qarab bilib olish to‘g‘risida :
Agar xohlasak, ularni senga ko‘rsatar edik, ta’kidki, sen ularni siymolaridan tanib olar eding. Va ta’kidki, sen ularni gap ohanglaridan taniysan. Alloh amallaringizni bilib turur. (Tafsiri Hilol).
Yana boshqa o‘rin ya’ni “Baqara” 273-oyatida :
(Sadaqalar) Allohning yo‘lida tutilgan, er yuzida kezishga qodir bo‘lmagan, bilmagan kishi iffatlari tufayli ularni boy deb o‘ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so‘ramaslar. Nima yaxshilik nafaqa qilsangiz, bas, Alloh albatta, uni o‘ta biluvchidir. (Tafsiri Hilol).
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda : “Allohning odamlarni siymosiga qarab tanib oladigan bandalari bor” deyilgan. (Tabaroniy rivoyati).
Boshqa bir hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam “Mo‘minning farosatidan qo‘rqinglar, chunki u Allohning nuri bilan nazar qiladi” deganlar.(Termiziy va Tabaroniy rivoyati).
Ibni Asir rohimahulloh o‘zlarining “An-Nihoya fi g‘oriybil asar” asarida firosat to‘g‘risida quyidagilarni aytgan : Firosat ikki qismga bo‘linadi. Biri Alloh O‘zining do‘stlarining qalblariga solgan narsadir. U karomat, to‘g‘ri gumon, o‘ta o‘tkir sinchikov bo‘lishdan iboratdir. Valiylar ular orqali insonlar holatini bilib oladilar. Buni iymoniy farosat deyiladi. Uning haqiqati Alloh tarafidan qalbga solingan fikr bo‘lib, huddi sher o‘z o‘ljasiga tashlanganidek inson qalbiga tushadi. Bu farosat iymonning quvvatiga qarab kuchli va kuchsiz bo‘ladi. Farosat ahli u bilan rostni yolg‘ondan, haqni botildan ajratib oladilar. Ikkinchisi insonning hilqati, hulqi, tajribalar orqali bilinadigan narsa. Ular bilan ham insonlarni holatini bilib olsa bo‘ladi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:15 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar