Sotuvchi bo‘lib ishlash haqida

Assalomu alaykum! Sizlardan uzr so‘rayman, yana o‘sha spirtli ichimlik sotiladigan gazeta do‘konida ishlash haqidagi savolimga aniqlik kiritmoqchi edim. Agar oldi sotdiga aloqangiz bo‘lmasa bo‘ladi deb javob beribsizlar, lekin u erda sotuvchi sifatida ishlashga to‘g‘ri kelgan edida. Demak mumkin emas. To‘g‘ri tushundimmi? Yana bir bor oldindan katta rahmat javob uchun! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar spirtli ichimlikning savdosiga aloqangiz bo‘lsa, ya’ni ularni sotsangiz joiz emas. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:17 | Савол-жавоблар | 120 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar