Qimmatbaho toshlardan zakot

Assalamu alaykum! Adashmasam bir necha yil avval bu savolga javob berilgan edi, ya’ni “brilliantdan zakot beriladimi” degan savolga “toshdan zakot berilmaydi” deb javob berilgan. Lekin men arxivga kira olmayapman iltimos aniqlashtirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar tijorat niyatida yoki pulni band qilish uchun olingan bo‘lsa, qiymatidan zakot beriladi. Mabodo u qimmatbaho taqinchoqlarda bo‘lsa, uning qiymati nisobdan chiqarilib yuboriladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:24 | Савол-жавоблар | 156 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar